Osiyo Kubogi-1968. Eron ham o'z uyida chempion

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2015, 16:00
9 yanvar kuni Avstraliyada hisob bo'yicha 16-Osiyo Kubogi start oladi. Saytimiz o'quvchilariga oldingi 15ta qita chempionati haqida ma'lumotlar berib borishga qaror qildik.

Bugun 1968 yil Eron mezbonlik qilgan hisob bo'yicha 4-Osiyo Kubogi haqida ma'lumot beramiz.


Osiyo Kubogi-1956. To'rt jamoa qatnashgan dastlabki chempionat haqida

Osiyo Kubogi-1960. Janubiy Koreya ikki karra qita chempioni

Osiyo Kubogi-1964. Uchinchi urinishda chempion bo'lgan Isroil


Dastlabki uchta chempionatda 4tadan jamoa ishtirok etgan bo'lsa Erondagi musobaqada 5ta terma jamoa qatnashdi. Mezbonlardan tashqari Osiyo chempionatida (Burma) Myanma, Isroil, Xitoy va Gongkong terma jamoalari Osiyo Kubogi uchun kurashishdi. May oyida bo'lib o'tgan musobaqa Tehron shahrida bo'lib o'tgan.


Forslar ilk bor Osiyo Kubogida ishtirok etib barcha 4ta o'yinda g'alaba qozonib qita chempioni bo'lishgan. Qizig'i bundan oldingi ikkita chempionatda ham mezbon davlat yakunda chempion bo'lgandi.


Osiyo Kubogi-1968
Mezbon mamlakat:
Eron

Muddati: 10 – 19 may

Jamoalar soni: 5ta

Mezbon shaharlar: 1ta


Musobaqa statistikasi:
O'yinlar soni:
10ta

Gollar soni: 32ta (o'rtacha 3,2tadan)

To'purarlar: Humoyun Behzodi (Eron), Moshe Romano (Isroil), Giora Spiegel (Isroil) - 4tadan gol



#

Osiyo Kubogi-1968

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Eron

4

4

0

0

11-2

8

2

Bruma (Myanma)

4

2

1

1

5-4

5

3

Isroil

4

2

0

2

11-5

4

4

Xitoy

4

0

2

2

3-10

2

5

Gongkong

4

0

1

3

2-11

1


10 may

Eron – Gongkong 2:0
Gollar
: Behzodi 70, Jabbori 88


11 may

Xitoy – Bruma 1:1
Gollar: 
Lim Lu Shur 63 – Maung Xla Xtay 13


12 may

Gongkong – Isroil 1:6
Gollar:
Yuan Kuan Yik 76 – Spiegler 9, 63, Spiegel 52, 65, Romano 61, 71.


13 may

Eron – Xitoy 4:0
Gollar:
Behzodi 31, Kalani 34, Iftixori 51, Farzami 56


15 may

Gongkong – Xitoy 1:1


16 may

Bruma – Eron 1:3
Gollar:
Aung Xi 50 – Kalani 2, Iftixori 60, Behzodi 71.


17 may

Isroil – Xitoy 4:1
Gollar:
Romano 2, 60, Rosental 70, Spiegel 76 – Lu Xuan Ven 45+1


18 may

Bruma – Gongkong 2:0


19 may

Eron – Isroil 2:1
Gollar: 
Behzodi 75, Gelichkani 86 – Spiegel 56.

 


Narzulla Saydullaev tayyorladi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia