Osiyo futbolidagi transferlar
24 iyu 2018 12:15
Yangiliklar
Osiyo futbolidagi transferlar
24 iyul. Eronlik hujumchi Rizo Guchannajod Gollandiyaning "Xerenven" klubidan Kiprning APOEL jamoasiga ko'chib o'tdi.
24 iyul. Avstraliyalik futbolchi Brendon Borello Germaniyaning "Kayzerslautern" klubidan "Frayburg"ga transfer qilindi.
24 iyul. Yana bir avstraliyalik futbolchi Jeyms Meredit ingliz klubi "Milluol" bilan shartnoma imzoladi.
24 iyul. Yaponiyaning "Gamba Osaka" klubida yangi murabbiy ish boshladi. Endilikda bu jamoani 41 yoshli Tsuneyasu Miyamoto boshqaradi.
23 iyul. Peru termasi hujumchisi Andre Karilo Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi bilan shartnoma tuzdi.
21 iyul. Eronlik hujumchi Vohid Amiri Turkiyaning "Trabzonspor" klubiga o'tdi. Amiri 2015 yildan beri terma jamoada o'ynab kelyapti.
21 iyul. Yaponiyalik futbolchi Vataru Endo "Urava Reds"dan Belgiyaning "Sent Tryuyden" klubiga yo'l oldi.
21 iyul. Avstraliyaning "Melburn Viktori" klubi 32 yoshli nemis himoyachisi Georg Nidermayer bilan shartnoma tuzdi.
18 iyul. Janubiy Koreyaning "Ulsan Xyunday" klubi APL chempioni "Manchester Sitti"dan Miks Diskerudni ijaraga oldi.
18 iyul. Yaponiyalik himoyachi Naomichi Ueda Belgiyaning "Bryugge" klubi bilan shartnoma imzoladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar