Osiyo futboli. Eron hozircha VARdan voz kechdi
13 fev 2019 15:01
Yangiliklar
Osiyo futboli. Eron hozircha VARdan voz kechdi
Hatto bu haqda federaciya rahbari Mehdi Taj jurnalistlarga rasmiy malumot ham bergandi. Ammo mutasaddi rahbarlar hozircha bunday fikrdan voz kechishdi. Bunga sabab har bir uchrashuvda hakamlar tomonidan yo'l qo'yilayotgan xhatolarning ko'pligida.
Federaciya prezidenti dekabrda VAR to'rtta stadion - Tehrondagi "Ozodi", Isfahondagi "Naqshi Jahon", Ahvazdagi "Fulad Arena" hamda Mahshaddagi "Imom Rizo"da ishlashini aytib o'tgandi.
Lekin shu paytgacha VAR hech bir stadionda sinab ko'rilmadi. Avvalgi turda o'tkazilgan "Fulad" - "Persepolis" 2:1 va "Nassaji Mazandaran" - "Traktorsozi" 1:1 bahslarida hakamlar "Persepolis" bilan "Traktorsozi" zarariga ishlagan bir nechta qarorlar qabul qilishdi. Bu esa ikki klubning noroziligiga olib keldi.
Federaciya milliy chempionatda VAR qo'llanilsa har bir o'yinda ko'p marta to'xtalish bo'lishini, buning oqibatida o'yin sekinlashib qolishini aytmoqda. SHu bois Eron chempionatida hozircha VAR ishlatilmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar