So’nggi yangiliklar

07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  2 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0

Osiyo futboli. Eron chempionatida vaziyat jiddiylashmoqda Yangiliklar

Osiyo futboli. Eron chempionatida vaziyat jiddiylashmoqda

Eronda milliy chempionat o'yinlari yakuniga etishiga uchta tur qoldi.

Eron Proligasi (chempionat shunday nomlanadi) hozirgi paytga kelib juda boshqacha ko'rinish olgan. Deyarli har bir o'yin janjalsiz o'tmayapti. Ayniqsa mamlakatning ikki "qariya" jamoasi - "Persepolis" va "Sepaxon" o'rtasidagi bahsda yuz bergan mojaro ko'pchilikning diqqatini o'ziga tortdi. 

O'yinda muxlislar futbolchilarni haqoratlashga, hatto bir-birlari bilan mushtlashib ketishgacha borishdi. Qolaversa "Sepaxon" muxlislari o'rindiqlarni sindirib tashlashdi, o'rindiq bo'laklarini "Ozodi" stadioni maydoniga qarab otishdi. Yuzaga kelgan janjal natijasida 250 kishi turli jarohat bilan kasalxonaga yotqizildi. 

SHunday voqea 19 aprel kuni Tabrizdagi o'yinda ham kuzatildi. "Traktorsozi" - "Paykan" o'rtasidagi uchrashuv (0:1)dan so'ng mezbon jamoa muxlislaridan biri maydonga tushib ketib Masud SHojayining yuziga musht tushirgandi. Eron futbol federaciyasi Tartib-intizom qo'mitasi tezkor yig'ilish o'tkazib vaziyatni o'rganib chiqdi. Qo'mita birinchi navbatda muxlislari janjal chiqargan klublarni jarimaga tortdi. 

Ammo jarima bilan ish bitadimi-yo'qmi, bir narsa deyish qiyin. Qolaversa, muxlislarning keyingi o'yinlarda janjal chiqarmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Federaciya klublarni ishqibozlar bilan ishlashga chaqirmoqda. Boshqalar esa tezroq chempionat o'z yakuniga etishini kutyapti.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика