Osiyo chempionlar ligasida ham VAR qo'llaniladi
25 avg 2020 17:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/588712_original.jpg)
![](/upload/storage/588712_220.jpg)
Osiyo chempionlar ligasida ham VAR qo'llaniladi
OFK rasmiy sayti Ochiyo chempionlar ligasida VARdan foydalanish haqida xabar berdi.
VAR tizimini shu yilning o'zidayoq OCHL chorak finalidan boshlab qo'llash ishga tushiriladi. Bu haqda o'tgan yil ham gap borgandi. Bungacha Tailandda o'tkazilgan U-23 Osiyo chempionatida VAR sinab ko'rildi va aytish mumkinki, bu yaxshi samara berdi. Endilikda VARdan OCHLda ham foydalanish ko'zda tutilgan.
OFK 2017 yilning mart oyidan beri VAR bilan bog'liq o'quv-kurslarni o'tkazib kelmoqda. Bundan ko'zlangan maqsad, malakali mutaxassislarni tayyorlab borish. Ertaga, 26 avgust kuni OFKda aynan VAR tizimi bilan bog'liq katta tadbir o'tkazish ko'zda tuilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar