Osiyo chempionati (U22). Guruhdagi raqiblarimizdan yangiliklar
11 dek 2013 20:00
Yangiliklar

Osiyo chempionati (U22). Guruhdagi raqiblarimizdan yangiliklar
Yanvar oyida Ummonda yoshlar o'rtasidagi (U22) Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Guruhda O'zbekiston bilan birga Xitoy, Iroq va Saudiya Arabistoni jamoalari ishtirok etadi.
Raqiblarimiz 2013 yil bir qator uchrashuvlarda ishtirok etishdi. Etiborlisi, ular aynan Ummondagi chempionatga alohida tayyorgarlik olib borishgani etiborga molik. Jumladan, Xitoy terma jamoasi sharqiy Osiyo o'yinlarida qatnashdi. Xitoyda o'tgan turnirda mezbonlar ishqibozlarning hafsalasini pir qilgan holda 4 uchrashuvda 1 ochko to'plashdi xolos. Janubiy Koreyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan xitoyliklar Gonkongni enga olishmadi, 0:0. Yaponiyadan 0:2, KXDRdan 0:3 hisoblarida mag'lubiyatga uchrashdi. Musobaqa oktyabr oyi o'rtalarida bo'lib o'tdi. Lekin tarkib qanday bo'lishi to'g'risida biror malumot tarqatilmagan. Oxirgi yillarda Xitoy yoshlar futbolida ijobiy natijalarga erisha olmayotganini inobatga olsak, bu jamoa unchalik kuchlidek ko'rinmasligi mumkin. Biroq biz raqiblardan 2 yosh kichik futbolchilar bilan qatnashamiz, bu esa baribir ishimizni qiyinlashtiradi.
Yoshlar terma jamoasining salohiyati yuqori ekanligini namoyish qilgan Iroq o'sha tarkibdagi iqtidorlardan foydalanishi mantiqliroq bo'lsa kerak. Hadi Mutanash boshchilik qilayotgan olimpiya terma jamoasida o'ynashi mumkin bo'lgan futbolchilar borligini Turkiyadagi mundialda kuzatgandik. Olimpiya terma jamoasi yil mobaynida turnirga puxta tayyorgarlik ko'rishga intildi. Iyul oyida Bahrayn bilan ikki marta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan iroqliklar 2:0 va 0:0 hisoblarini qayd etishdi. Sentyabr oyida esa Indoneziyada bo'lib o'tgan “Islom birodarligi” o'yinlarida ishtirok etdi. Unda Turkiya, Suriya va Saudiya Arabistoni bilan o'yinlar o'tkazildi. Dekabr oxirida Qatarda G'arbiy Osiyo chempionati start oladi. Unda Iroq bir guruhda Ummon va Bahrayn bilan maydonga tushadi. Demak, Osiyo chempionati arafasida Hadi Mutanash shogirdlari yanada yaxshi formaga kirib olish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Jamoa etakchilari sifatida
Mustafo Nadhim, Amjad Volid, Amjad Kalafni keltirib o'tish mumkin. Lekin jamoaning yakuniy tarkibi elon qilinishiga hali ancha bor.
Iroq – Bahrayn – 2:0
Gollar: Bosim Ali, Muhammad Saad.
Iroq – Bahrayn – 0:0
Iroq – Turkiya – 2:3
Gollar: Amjad Kalaf 13, Luay Saloh 68.
Iroq – Suriya – 0:0
Iroq – Saudiya Arabistoni – 2:2
Gollar: Amjad Volid 48, Ahmad Kalaf 54.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi ham bir qator bellashuvlarda qatnashdi. “Islom birodarligi” o'yinlarida jamoa 5 uchrashuvda maydonga tushdi. Ularda Suriya, Turkiya, Iroq, Marokash va Turkiyaga qarshi o'ynagan saudiyaliklar biror bellashuvda g'alabaga erisha olishmadi, lekin yakunda 4-pog'onadan joy olishdi. Dekabr oyida Qatarda bo'lib o'tadigan G'arbiy Osiyo chempionatida guruhda Qatar va Falastin bilan o'yinlar belgilangan. Demak, xuddi Iroq singari Saudiya Arabistoni ham Osiyo chempionati arafasida yana bir rasmiy musobaqada qatnashadi. Bu esa tayyorgarlik yaxshi bo'lishiga yordam berishi, shubhasiz.
Saudiya Arabistoni - Suriya - 1:1
Saudiya Arabistoni – Turkiya - 1:1
Saudiya Arabistoni – Iroq - 2:2
Saudiya Arabistoni - Marokash - 0:1
Saudiya Arabistoni – Turkiya - 1:2
Saudiyaliklarning Ummondagi musobaqada ishtirok etishi mumkin bo'lgan tarkibi elon qilingan. Lekin ular safida hali o'zgarishlar bo'lib qolishi ehtimoldan holi emas. Jamoa tarkibi 1991-93 yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat. Ularning deyarli barchasi milliy chempionat va xorij klublarida asosiy tarkib o'yinchilari sanaladi.
Darvozabonlar
1. Abdulloh Al Sdayri Al Hilol
16. Favaz Al Qarni Al Ittihod
21. Favaz Al Xaybari Al Ittihod
Himoyachilar
2. Saloh Qumayzi Al SHabab
3. Muhammad Barnavi Al Ahli
4. Muhammad Fatil Al Ahli
5. Abdulloh Hafiz Leyriya, Portugaliya
6. Ali Al Zubaydi Al Ittifoq
13. Yosir Al SHahroni Al Qodisiya
18. Motaz Havsavi Al Ahli
Yarim himoyachilar
8. Abdulaziz Azmi Nasr
10. Abdulloh Nassar Al Nasr
11. Ibrohim Ibrohim Gabela, Bosniya va Gercegovina
12. Maan Xodari Al Ittihod
14. Abdulloh Otaif Al SHabab
15. Mustafo Bassas Al Ahli
20. Yosir Fahmi Al Ahli
Hujumchilar
7. Yahyo Dag'riri Al Ittihod
9. Fahad Muvallad Al Ittihod
17. Muhammad Majrashi Al Ahli
19. Saloh SHahri Beyra Mar, Portualiya
Terma jamoamiz 12 yanvar kuni Xitoy, 14 yanvarda Iroq va 16 yanvarda Saudiya Arabistoniga qargi bahslarda ishtirok etadi. Barcha o'yinlar Maskatga yaqin joylashgan Sib shahridagi “Sib” stadionida bo'lib o'tadi.
Behzod NAZAROV tayyorladi.

Fikrlar