Osiyo chempionati (U-22) oldidan. Darvozabonlar haqida
06 jan 2014 14:00
Yangiliklar
Osiyo chempionati (U-22) oldidan. Darvozabonlar haqida
Xabaringiz bor Ummondagi U-22 Osiyo chempionati-2013 2014 yilning 11-26 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.
O'zbekiston musobaqaning D guruhidan o'rin olgan. SHuhrat Maqsudov jamoasi 12 yanvarda Xitoy, 14 yanvarda Iroq va 16 yanvar kuni Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu bahslar oldidan ananaga binoan barcha futbolchilarimiz fikrlari bilan qiziqib ko'rdik va bularni sizga taqdim etmoqchimiz. Dastlab jamoamizning har bir chizig'i haqida alohida to'xtalib o'tib qisqa muloxazalarni yuritib olsak. Demak bugungi mavzu ushbu terma jamoaning darvozabonlari borasida bo'ladi.
Darvozabonlar:
Ushbu chempionat davomida terma jamoamiz uch nafar darvozabondan foydalanish imkoniyatiga ega va quyidagi uch nafar darvozabon yakuniy ro'yhatdan o'tkazildi.
1. Asilbek Omonov (1993 yil tug'ilgan, Paxtakor),
2. Abdumavlon Abdujalilov (1994 yil tug'ilgan, Paxtakor),
3. Akmal Tursunboev (1993 yil tug'ilgan, Paxtakor)
Demak ko'rib turganingizdek har uch darvozabon ham poytaxtning "Paxtakor" klubi vakillari hisoblanadi. SHu o'rinda qo'shimcha qilib o'tishimiz joizki, ushbu terma jamoaning dastlabki yig'iniga Asilbek Omonov jalb etilmagan edi. O'zbekiston Milliy terma jamoasining darvozaboni Eldorbek Suyunov yig'inda ishtirok etgan bo'lib , keyinchalik jarohat tufayli, ikkinchi yig'inga kelib qo'shila olmadi va terma jamoamiz Ummon oldidan jiddiy yo'qotishga uchradi. Albatta, bosh darvozabonimizni Ummonga bora olmasligi aniq bo'lgach terma jamoamiz murabbiylari boshqa bir darvozabonni tarkibga jalb etdi.
Endi esa har bir jamoamiz darvozabonlari borasida alohida so'z yuritamiz.
ASILBEK OMONOV - O'tgan yili Turkiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasida terma jamoamizning asosiy darvozaboni sifatida harakat qilgan Omonov yuqorida aytib o'tganimizdek ushbu terma jamoaning dastlabki yig'iniga jalb etilmagan edi. Suyunovning jarohati bois ikkinchi yig'indan boshlab ishtirok etgan darvozabon katta ehtimol bilan Ummonda ham asosiy darvozabon sifatida harakat qiladi. Turkiyada o'ziga xos rekord qayd etgan posbon bu safar ham o'sha Eng kam gol o'tkazgan darvozabon sifatida qayd etilishini kutib qolamiz. Yuqori reakciya va penalti borasida Asilbek yaxshirok ko'rsatkichga ega. Undan tashqari bu darvozabonimizda xalqaro tajriba etarlicha ekanligini inobatga olsak guruh bosqichidagi ikki uchrashuvda aynan mana shu darvozabonga ishonib topshirilishini kutmoqdamiz. Agar guruhdan chiqish masalasini ikki turda hal eta olsak , boshqa darvozabonlarni ham ko'rishimiz mumkin. Darvozabonimizni hozirgi holati qay darajadaligi faqat murabbiylarga ayon va shu bois qaysi posbonni maqul ko'rsa darvozamizni o'sha posbonga ishonib topshiriladi.
Guruh bosqichidagi uchrashuvlarda ishtirok etish imkoniyati: 50%
AKMAL TURSUNBOEV - Agar yodingizda bo'lsa aynan mana shu terma jamoaning Nepalda bo'lib o'tgan saralash uchrashuvida ushbu darvozabonga ishonib topshirilgan edi. O'tgan mavsumni ijara asosida "Andijon" klubida o'tkazgan posbon jamoaning Oliy ligaga olib chiqishda munosib hissasini qo'shdi. Hozirda yuqori sport formasini ushlab turgan darvozabonimiz Ummonda terma jamoamiz sharafini himoya qilish borasida Omonov bilan bir xil ko'rsatkichga ega deya olamiz. SHunga qaramay xalqaro tajriba borasida Tursunboevda kamchilikni ko'rishimiz mumkin. Katta ahamiyatga ega bo'lgan ushbu chempionatda murabbiylarimiz oldida katta tavakkal qilish chizig'i ham aynan darvoza bo'lsa ajablanmaymiz. Qo'shimcha qilib o'tish joizki har uchchala darvozabon ichida aynan Tursunboev anchagina balandroq va gavdaliroq hisoblanadi.
Guruh bosqichidagi uchrashuvlarda ishtirok etish taxmini: 30%
ABUDMAVLON ABDUJALILOV - Hali siz uchun notanish bo'lgan darvozabonni Birinchi liga muxlislari yaxshi taniydi. O'tgan mavsumni "Paxtakor" klubinining birinchi ligadagi jamoasida o'tkazgan darvozabonni ko'rsatkichlarini yuqori baholay olmaymiz. Negaki "Paxtakor-2" o'tgan mavsumda eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoalardan biri sifatida ko'rilgan edi. Garchi bu aynan darvozabon xatosi tufayli deb baholab bo'lmaydi. Hali xalqaro tajribaga ega bo'lmagan darvozabonni ushbu chempionatda darvozamizni qo'riqlashi borasida aniq fikr ayta olmaymiz. Nima bo'lganda ham jamoamizdagi bu chiziqdagi raqobatchisi sifatida ushbu darvozabon qayd etilgan. Yuqorda aytib o'tganimizdek agar ikki turdayoq guruh masalasini hal eta olsak, ushbu darvozabonni o'yinlarini ham ko'rishimiz mumkin.
Guruh bosqichidagi uchrashuvlarda ishtirok etish taxmini: 20%
Biz uchun jamoamiz darvozasini kim qo'riqlashidan qatiy nazar to'p biz tarafdagi darvozadon joy olmasa bo'lgani.
Humoyun Davurov tayyorladi

Fikrlar