Osimxen Saudiyaga borishni xohlamadi, u PSJga o'tmoqchi
17 iyu 2024 13:50
Yangiliklar
Osimxen Saudiyaga borishni xohlamadi, u PSJga o'tmoqchi
Nigeriyalik forvard Franciya chempioni bilan yiliga 14 mln evrolik maoshni o'z ichiga olgan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishib bo'lgan. Oldinroq, aynan shunday muddatga, faqat yillik 7 mln evroga mo'ljallangan shartnoma "Napoli" vingeri Xvicha Kvaracxeliyaga ham parijliklar tomonidan taklif etilgan edi.
Bundan tashqari, 25 yoshli hujumchi nomi oshkor qilinmagan Saudiya Arabistoni klubiga o'tishni rad etgan. Vaholanki, Saudiya klubi futbolchining o'ziga ham parijliklardan ko'proq maosh bermoqchi bo'lgan, "Napoli"ga ham transfer uchun kattaroq summa taklif qilgan.
Neapolliklar Osimxenni sotishga qarshi emas, lekin Xvichani tarkibda saqlab qolishmoqchi. CHunki, jamoaning yangi ustozi Antonio Konte bo'lajak mavsumda Kvaracxeliyaga umid qilmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar