Osimxen Kvaracxeliya haqida: "Siz hali u qodir bo'lgan hamma narsani ko'rmadingiz"
17 okt 2022 15:22
Yangiliklar


Osimxen Kvaracxeliya haqida: "Siz hali u qodir bo'lgan hamma narsani ko'rmadingiz"
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen neapolitanlar yarim himoyachisi Xvicha Kvaracxeliyaning o'yiniga qoyil qoldi.
"Men u uchun juda xursandman. U olgan barcha maqtovlarga loyiq. Xvicha faqat o'z sayohatining boshida, siz u nimaga qodirligini hali ko'rmadingiz. U ushbu mavsumda biz orzu qiladigan fazilatlarga ega. Xvicha o'ziga juda ishonadi va biz uni istalgan daqiqada qo'llab-quvvatlaymiz", – dedi Osimxen.
"Napoli" A Seriya turnir jadvalida 26 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Luchano Spalletti shogirdlari joriy mavsum qatorasiga o'ninchi o'yinda g'alaba qozonishdi. Umuman olganda, "Napoli" mavsumdagi 14 uchrashuvda 12 g'alaba va 2 durang qayd etgan.
Kvaracxeliya ushbu mavsumda neapolitanlar safida 14 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar