So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

“O'sh-Akademiya" murabbiyi: "Aleksandr Xomyakovga minnatdorchilik bildiraman" Yangiliklar

“O'sh-Akademiya" murabbiyi: "Aleksandr Xomyakovga minnatdorchilik bildiraman"

Teglar :  Hokim Kubogi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Farg'onada "Hokim kubogi" musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Saytimiz muxbiri mazkur musobaqada ishtirok etayotgan Qirg'izistonning "O'sh-Akademiya" jamoasi bosh murabbiyi Nodirbek Mamadaliev bilan intervyu tashkil etdi. Quyida mazkur intervyuning to'liq matni bilan tanishing.

"O'sh-Akademiya" asosan yosh futbolchilardan iborat. Jamoamiz tarkibida 2002 2003-yilda tug'ilgan futbolchilar harakat qilishadi. Bilasizmi, bu yigitlar Qirg'iziston chempionatida o'z yosh toifalari bo'yicha birinchilardan hisoblanishadi.

Jamoani "Hokim kubogi" musobaqasiga jalb etishdan maqsad kuchli klublarga qarshi o'ynab, tajriba to'plashdan iborat.

Musobaqa qish fasliga bo'lishiga qaramasdan yaxshi tashkil etilmoqda. Futbol uchrashuvlari suniy maydonlarda emas, haqiqiy maysaga ega bo'lgan o'yingohlarda o'tkazilmoqda.

Turnirdagi ilk o'yinimizni "Qo'qon-1912" yoshlariga qarshi o'tkazdik. Raqib jamoa bosh murabbiyi ham har ikki jamoa teng o'yin bo'lganligini aytib o'tdi. Haqiqatdan ham kuchli raqib bilan tengma-teng o'ynadik, so'ngi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol evaziga mag'lub bo'ldik.

Ikkinchi o'yinimiz "Farovon" jamoasiga qarshi bo'ldi. Uchrashuvni yaxshi boshladik, birinchi bo'lib gol kiritdik. Keyinchalik "Farovon" jamoasi tajribaga tayangan xolda o'yinini kuchaytirdi va ikki bor darvozamizni ishg'ol qildi. O'yin so'ngida bizda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi, afsus penaltini golga aylantira olmadik. SHunga qaramay har ikki jamoa murabbiylarini g'alaba bilan tabriklayman.

"Hokim kubogi" musobaqasidagi uchinchi o'yinimizni Superliga vakili "Andijon" jamoasiga qarshi o'tkazdik. Uchrashuv boshida futbolchilarimiz kuchli raqibga qarshi bir oz hayajonlanishdi. SHuning evaziga gollar o'tkazib yubordik. Bellashuvning ikkinchi bo'limida jamoamiz azolari o'yinga moslashishdi va raqib darvozasiga gol kiritishni uddasidan chiqdik. Umuman olganda bu o'yin bizga katta tajriba maktabi bo'ldi.

SHu o'rinda "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovga minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. Sababi tajribali murabbiy o'yindan oldin va yakunda men bilan bilan o'z tajribalarini o'rtoqlashdi. Men kabi yosh murabbiylarga Aleksandr Xomyakovning tavsiyalari kelgusida asqotishi tabiiy.

Qirg'iziston chempionati va O'zbekiston chempionati darajasi farq qiladi. Milliy terma jamoa yoki yoshlar jamoalari nuqtai nazaridan ham farq bor albatta, buni natijalarning o'zi ham ko'rsatib turibdi. Hozirgi kunda Qirg'izistonda futbolga bo'lgan etibor kuchaytirilmoqda. Nasib bo'lsa, kelajakda Qirg'iziston chempionatida kuchli va raqobatbardosh jamoalar soni yanada ko'payadi.

"O'sh-Akademiya" jamoasi oldida aynan mana shu futbolchilarni yanada shakllantirib, kelajakda Qirg'iziston chempionatining Oliy ligasiga olib chiqish vazifasi qo'yilgan. Yana bir bor takidlayman, Farg'onada o'tkazilayotgan "Hokim kubogi" musobaqasi jamoamiz futbolchilariga katta tajriba maktabi bo'lmoqda.

Musobaqa tashkilotchilariga, Farg'ona viloyati hokimiga minnatdorchilik bildiraman- deydi Nodirbek Mamadaliev.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика