So’nggi yangiliklar

14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  2 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  12 13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  4 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  6 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  8 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  5 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  43 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  13 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  16 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  25 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  22 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  13

"Orzu qilish bepul" yoxud yosh "Kilian"larga maktub Yangiliklar

"Orzu qilish bepul" yoxud yosh "Kilian"larga maktub

Mbappe bolaligi, orzulari, Mourinyu va Zidan bilan uchrashish hamda Bondidagi oddiygina hayot tarzi haqida yoshlarga xat yozdi.

"Bondidagi bolalar,
Il-de-Fransdagi bolalar,
SHahardan tashqarida yashovchi bolakaylar,
Men sizlarga bir hikoyani aytib bermoqchiman.

Ehtimol, futbol haqidagi hikoya sizni ajablantirmas. Ammo mening butun hayotim futbol bilan bog'langan. Otam haqida so'rashingiz mumkin. Uch yoshga to'lganimda u menga 4x4 hajmdagi kichkina o'yinchoq yuk mashinasini sovg'a qildi. Elektr dvigateli bor mashinaga bemalol o'tirish, uni boshqarish mumkin edi va hatto, uning pedallari ham bor edi. Ota-onam menga uydan futbol maydoniga o'sha mashinamda borishga ruxsat berishgandi, o'zimni xuddi mashg'ulotga ketayotgan haqiqiy futbolchidek his qilardim. Men bunga juda jiddiy qarardim. Maydonga kelganimda "mashinamni" burchakda qoldirib, futbol o'ynashga kirib ketardim. 4x4 hajmdagi mashinani ko'rgan do'stlarim menga hasad qilishardi, ammo men bunga etibor bermasdim.

Men faqatgina to'p o'ynashni istardim. Koptok bo'lsa bas, boshqa hech narsa kerakmasdi.

Tushunib ulgurgandirsiz, ha bu futbol haqidagi hikoya. Lekin aslida futbolni tushunishingiz uchun uni sevishingiz shart emas. CHunki bu orzular haqida hikoya. Bondi va uning atrofida yashovchilar u qadar boyvochcha emas. Ammo biz orzu qiluvchilardanmiz. SHunday tug'ilganmiz. Balki orzu qilish qimmat emasligi uchun shundaydirmiz. Aniqrog'i orzu qilish tekin bo'lgani uchun...

Bizning tuman turli madaniyatlarning o'ziga xos qorishmasi — bu erda francuz, arab, Osiyo, Afrika va dunyoning istalgan burchagidagi madaniyatni ko'rishingiz mumkin. Franciya tashqarisidagi odamlar doim shahar atrofidagi hayot yomon ekanini takidlaydi, biroq hammasi ham ular aytganchalik emas. Odamlar "kallakesarlar" haqida gapiradi. Aytishlaricha, ular shu erdan kelib chiqqan emish. Lekin butun dunyoda bosqinchilar bor. Jangchilar ham etarli. Haqiqat shunchaki, bolaligimda ajoyib yigitlar buvimga turli oziq-ovqatlar olib kelganini o'z ko'zim bilan ko'rganman. Lekin siz madaniyatimizning bu qismini yangiliklar orqali hech qachon ko'rmaymiz. Siz doim yomon xabarlar haqida ko'rasiz, ammo yaxshisi haqida eshitmaysiz ham.

Bondida hamma bolaligidan tushunib etadigan bir qoida bor: agar siz ko'chada ketayotib, burchakda yig'ilib turgan 15ta odamga ko'zingiz tushsa, sizda 2ta tanlov borligini yaxshi bilasiz: ularga qo'l silkitib, yo'lingizda davom etish yoki hammasi bilan qo'l berib so'rashib chiqish. Agar borib faqat bittasi bilan qo'l berib so'rashsangiz, qolgan 14tasi sizni hech qachon yodidan chiqarmaydi. Ular qanday inson ekaningizni bir ondayoq bilib olishadi.

Bu qiziq, chunki hayotimning asosiy qismi Bondida o'tgan. O'tgan yili FIFA taqdirlash marosimidan oldin ota-onam bilan sayr qilib yurganimizda Joze Mourinyuni uchratib qoldik. Men avval ham uni ko'rgandim, ammo u men tanimaydigan 4-5ta do'stlari bilan suhbatlashib o'tirgan edi. Bondilik ekanim menga qo'l keldi. O'yladim: "Qo'l siltaymi yoki borib hammasi bilan salomlashaymi?".

Uninn yoniga borishga qaror qildim va unga qo'l berib so'rashdim, keyin esa navbatma-navbat uning do'stlari bilan salomlashib chiqdim:
"Salom!". Qo'l berib ko'rishish.
"Salom!". Qo'l berib ko'rishish.
"Salom!". Qo'l berib ko'rishish.
"Salom!". Qo'l berib ko'rishish.

Ularning chehrasiga qarab ajablanayotganlariga guvoh bo'ldim: "Voy, u biz bilan salomlashyaptimi? Salom!". Biz o'tib ketdik, otam esa kuldi va dedi: "Bularning hammasi Bondidan meros-da". Ha, bu refleksga aylanib qolgandi. Bu qoida asosida biz hayot kechiramiz. Siz Bondida futboldan tashqarida bo'lgan qadriyatlarni o'rganasiz. Barchaga birdek muomala qilish kerakligini anglab etasiz.

Men va do'stlarim futbolchi bo'lish uchun umid qilmasdik. Buni kutmadik, rejalashtirmadik. SHunchaki orzu qilardik. Mana farq nimada, tushunyapsizmi? Bazi bolalarning yotoqxonasida ularning "super qahramonlari" aks etgan suratlar osilib turadi. Biz esa futbolchilar rasmlarini devorga yopishtirib chiqardik. Mening xonamda Zidan va Krishtianuning suratlari bor edi. To'g'risini aytsam, kattaroq bo'lganimda Neymarning ham bir nechta suratlarini yopishtirib qo'ydim. Sababi uning ham o'yinlariga qiziqa boshlagandim. Ammo bu endi boshqa hikoya!

Bazida mendan qaerdan buncha ko'p iqtidorli o'yinchilaringiz bor deb so'rashadi. Balki hamma gap biz boshqacharoq mashq qilishimizdadir. Masalan "Barselona" kabi. Ammo o'ylashimcha, futbol biz uchun boshqacha bir ahamiyatga ega. U qadrli. U har kuni biz bilan, xuddi non va suv kabi.

Yodimda, maktabimizda bir turnir bo'lgandi — oltinchi, ettinchi, sakkizinchi va to'qqizinchi sinflar o'rtasida. U xuddi Jahon CHempionatiga o'xshardi. Biz narxi 2 evro bo'lgan plastik sovrin uchun kurashganmiz, lekin unga xuddi hayot va o'limga qaragandek jiddiy etibor berganmiz. O'yin qoidalariga ko'ra, har bir jamoa aralashgan, yani qizlar va o'g'il bolalardan tashkil topgan bo'lishi kerak edi. Afsuski, hamma qizlar ham turnirda ishtirok etishni istamagan. SHuning uchun, qizlar bilan kelishishga to'g'ri kelgan. Masalan, bir qiz bola sinfdoshimga agar u turnirda ishtirok etsa va Kubokni qo'lga kiritsak, unga bo'yoq daftari olib berishga vada bergandim.

Ehtimol, juda oshirib yubordi-da dersiz, lekin haqiqatdan ham bu narsalar biz uchun katta ahamiyatga ega edi. Aytganimizdek: "Bu Neuf Trois. Biz mag'lub bo'lishimiz mumkin emas". Biz xuddi Jyul Rime Kubogini qo'lga kiritadigandek, o'sha sovrin uchun kurashgandik. O'qituvchilarimizga oson bo'lmagani aniq. Ulardan uzr so'rayman. Esimda, bir marta maktabdan 9 xil turli ogohlantirishlar bilan qaytgandim:
"Kilian uyga vazifasini bajarmadi".
"Kilian o'quv qurollarini uyda unutib qoldirgan".
"Kilian matematika fanida futbol haqida gapirib o'tirdi" va hokazo.


Men bulutlar ichida suzib yurgandek edim go'yo. Yashi o'yinchi edim, lekin men uchun keskin burilish yasagan palla Kubok-93 bo'lgan, o'shanda 11 yoshda edim. Biz yarim final bosqichiga chiqdik, o'yin Ganidagi haqiqiy stadionda bo'lib o'tdi. Bahs chorshanba kuni bo'lgani ham yodimda. Bundan avval men bunchalik katta va ko'p muxlis kelgan bo'lgan stadionda hech o'ynamagandim. Biroz qo'rqdim va deyarli yugurolmadim. To'pni zo'rg'a o'ynatdim. Uchrashuvdan keyin onam maydonga tushib, qulog'imdan tortib qo'ygani ham esimda. Yomon o'ynaganim uchun emas, qo'rqqanim uchun shunday qilgan ekan. U shunday degandi: "Bir narsa hamisha yodingda bo'lsin: har doim o'zingga ishonishing shart, hattoki, muvaffaqiyatsizlikka uchrasang ham. 60ta gol o'tkazib yubor, bu muhimmas. Lekin qo'rquv tufayli o'ynashdan bosh tortish butun hayotingga salbiy tasir ko'rsatishi mumkin".

Onamning shu so'zlari butun hayotimni o'zgartirib yubordi. Ishonasizmi, o'sha kundan keyin ko'p bora maydonga tushdim, ammo biror marta ham qo'rqqanim yo'q. Onam, otam, vatanim, do'stlarim bo'lmaganida hech qanday Kilian Mbappe ham bo'lmasdi.

Ehtimol, siz men tug'ilgan joydan bo'lmaganingiz uchun so'zlarimni anlay olmassiz. Biroq, masalan men 11 yoshimda "CHelsi"ning yoshlar jamoasi bilan shug'ullanish uchun bir necha kunga Londonga borganman. Juda havotirda, to'g'rirog'i shok holatida bo'lganimdan do'stlarimga qaysi shaharga ketayotganimni ham aytolmaganman. Uyga qaytganimda meni ko'rganlar dedi: "Kilian, o'tgan hafta qaerda eding?".

Men: "Londonda "CHelsi" bilan".
Ular: "Pfff, bunday bo'lishi mumkin emas".
Men: "Yo'q, qasam ichaman. Hattoki, Drogbani ham ko'rdim".
Ular: "Pfff, aldayapsan. Drogba bondilik bolalar bilan uchrashmaydi. Bunday bo'lishi mumkinmas!".

U paytlar telefonim yo'q edi, shuning uchun otamning telefonini olib chiqdim va ularga rasmlarni ko'rsatdim. SHundan keyin ular mening so'zlarimga ishonishdi. Lekin eng muhimi: ular hasad qilishmadi! Umuman. Ular lol bo'lib qolgandi, keyin nima bo'lgani hech ham yodimdan chiqmasa kerak. Biz "Bondi" kiyinish xonasida o'yinga chiqishga tayyorgarlik ko'rayotgandik.

Ular: "Kilian, bizni ham o'zing bilan olib ketolasanmi?". Ularning hayolida men xuddi o'zga sayyoraga borib kelgandek edim. Men: "Ammo bu endi ortda qoldi. Afsusdaman". Do'stlarim yana telefonga qarab kulishdi va bosh chayqab shunday deyishdi: "Vau. Kilian, biz bu erda xuddi sen bilan yashayotgandekmiz".


Mana shunday voqealar biz uchun qanchalik qadrli edi. Boshqa davlatlarga bo'lgan sayohat biz uchun xuddi o'zga sayyoraga borib kelish bilan barobar edi. "CHelsi"da orttirgan tajribamdan so'ng, ota-onamdan Bondidan ketish va katta klublardan birida o'ynashga ruxsat so'ray boshladim. Biroq shu vaziyatda ota-onamni ham to'g'ri tushunsa bo'ladi: ular ketishimga qarshilik ko'rsatishdi, hali bola ekanimni va ular bilan yashashimni istashdi. O'sha vaqt men ularni tushunmagandim, lekin aslida bu eng to'g'ri tanlov bo'lgan ekan. CHunki men akademiyada hech qachon o'rgatishmaydigan ko'plab darslarni o'zlashtirdim.

Otam 10 yil mobaynida murabbiyim bo'lgan. Hatto Klerfontendagi Franciya akademiyasi (dunyodagi eng yaxshi akademiyalardan biri)da shug'ullanishni boshlaganimda faqat dam olish kunlari uyga borib turardim. SHuningdek, otamning yarim professional jamoasi - "Bondi"da ham o'ynardim va bu hech kimga halal bermasdi.

Umuman olganda, bu juda kulguli: uyga qaytganimda Klerfontendagi murabbiy ovozi miyamda aylanardi. U gol urmaydigan oyog'imizni ham ko'proq harakat qildirishmizni talab qilardi. Klerfontenda hamma narsa bizning ko'nikmalarimizni rivojlantirishga qaratilgandi. "Bondi"da esa haqiqiy hayot edi. Yarim professional jamoalar ligadagi o'rnini saqlab qolish uchun kurashardi. Faqat g'alaba.

Dam olish kunlarining birida "Bondi" safida maydonga tushdim va menga qanotdan to'p etib keldi. U o'ng oyog'i bilan tepgandi. Men bitta o'zimman. Ideal vaziyat. Klerfonten murabbiyining so'zlari qulog'im ostida jarangladi: "Kilian, chap oyoq bilan ishla". Natijada chap oyoq bilan uzun pas berishga urunib ko'rdim, juda omadsiz chiqdi. Raqib to'pga egalik qilib, qarshi hujumga o'tdi. Otam g'azablandi va baqirdi: "Kilian! Bu er Klerfontenda o'rganganlaringni sinovdan o'tkazadigan joy emas! Biz bu ligada o'ynaymiz! Sen bir hafta Klerfontendagi ajoyib maydoningda xohlaganingcha shug'ullanishing mumkin, ammo bu er "Bondi"! Bizda qoidalar boshqacha!!!" Bu menga katta dars bo'ldi. Hayollarim osmonda uchib yurishini otam yaxshi bilardi, shuning uchun oyog'ing erda bo'lsin deb ko'p takidlardi.

14 yoshga to'lishimdan sal avval ajoyib xabarni eshitdim. "Real Madrid" klubining bir xodimi otamga qo'ng'iroq qilibdi va tatil vaqtida mashg'ulotlarda ishtirok etishim uchun meni Ispaniyaga taklif qilibdi. Men shokda edim, ular shunday degandi: "Zidan o'g'lingni ko'rishni istayapti". U vaqtlar Zizu sport direktori lavozimida ishlardi. Buni eshitganimdan so'ng ettinchi osmonga uchib ketgandek edim, juda ham borishni istadim. Lekin bu unchalik ham osonmasdi, chunki bizning o'yinimizga skautlar tashrif buyura boshlagandi, men esa OAV etiboriga tushgandim. 13 yoshli bolakay bunday vaziyatda qanday ahvolga tushganini tasavvur ham qilolmaysiz, bosim yuqori edi. O'sha haftada 14 yoshni qarshiladim. Ota-onam klub bilan kelishib, menga Madridga borish uchun chipta sovg'a qilishdi.

Ana syurpriz-u, mana syurpriz!

Ishonasizmi yo yo'qmi, lekin qaerga ketayotganimizni hech kimga aytmadik. Hattoki, eng yaqin do'stlarimga ham aytolmadim, chunki asabiy holatda edim. Sababi u erda omadim kelmasa, kelib ularni xafa qilishni istamadim.

Aeroportdan to'g'ri mashg'ulot markaziga borganimiz hamon yodimda. Zidan avtoturargohda bizni o'zining mashinasida kutib oldi. Albatta, uning mashinasiga gap bo'lishi mumkinmasdi. Biz salomlashdik va u menga maydonga borishni taklif qildi. Oldi eshikni ochdi va dedi: "Qani, o'tir". Mendan muzdek ter oqardi va shunday dedim: "Oyoq kiyimimni echaymi?". Xaxaxa! Nega bunday deganman, hali ham hayronman. So'zlarim unga ham kulguli tuyuldi shekilli, jilmayib dedi: "Yo'q, tezroq o'tiraqol".

U meni mashg'ulot maydoniga olib ketayotgan edi. Meni esa yo'l bo'yi: "Men Zizuning mashinasidaman. Men Bondi shaharchasida tug'ilgan oddiygina Kilian ismli bolakayman. Bu tushimmi yo o'ngim? Ha, hali ham samoletda uxlayapman shekilli..." Bazida hayotingizda rostan sodir bo'layotgan narsalar xuddi tushga o'xshaydi. Rossiyada bo'lgan Jahon CHempionatida ham xuddi shunday hissiyot bo'lgan edi.

Eng yorqin xotiram: guruh bosqichining ilk o'yini Avstraliyaga qarshi bahsdan oldin futbolchilar maydonga chiqish joyida (tunnelda) turardi. Ko'zlarimga ishonmasdim. Dembelega qaradim va biz shunchaki bir-birimizga jilmayib qo'ydik.

Men: "Bizga qara. "Evryo" tarbiyalanuvchisi va Bondi shaharchasida tug'ilgan bolakay. Biz Jahon CHempionatida o'ynayapmiz".
U: "Ha, aqlbovar qilmaydi".

Biz maydonga chiqdik va 66 million inson bizdan umid qilib turganini his qildik. "Marseleza"ni (Franciya madhiyasi) eshitganimda ko'zlarimga yosh keldi. Etiborli tomoni shundaki, yozda Jahon Kubogiga ega chiqqanlarning asosiy qismi shahar tashqarisidagi tumanlarda tug'ilgan. Bu erda turli xalq vakillari yashaydi, tillar ham har xil. Bu er 15ta odam bilan qo'l berib ko'rishadigan tumandir — 14ta emas, 10ta ham yo 1ta ham emas. Naqd 15ta!

"Bondidagi bolalar,
Il-de-Fransdagi bolalar,
SHahar atrofida yashovchi bolakaylar,
Biz Franciya. Siz — Franciya.
Biz aqldan ozgan hayolparastlarmiz. Va baxtimizga orzu qilish qimmat emas. Aniqrog'i bepul!

Hurmat bilan, bondilik Kilian".


The players tribune saytidan Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика