O'runov "Ufa"da 10-raqamni oldi
24 fev 2021 17:19
Yangiliklar


O'runov "Ufa"da 10-raqamni oldi
"Spartak"dan "Ufa"ga qaytgan yarim himoyachi Oston O'runov o'ziga raqam tanladi.
20 yoshli o'zbekistonlik xavbek Boshqirdiston klubida 10-raqam ostida to'p tepadi.
"Ufa" O'runovni mavsum so'nggiga qadar ijaraga olgan. Bitimda uni 3 million evro evaziga xarid qilish huquqi bor. Agar "qizil-oqlar" sobiq bosh direktori SHamil Gazizov o'z ulushidan voz kechsa, bu narx pasayishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Oston joriy mavsum oldidan aynan "Ufa"dan "Spartak"ga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar