So’nggi yangiliklar

08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  1 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  11 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21

O'rtoqlik uchrashuvi. CHiroqlar o'chgan, Banashak qaytishini gol bilan nisholagan oqshomda "Paxtakor" "Qayrat"dan ustun keldi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. CHiroqlar o'chgan, Banashak qaytishini gol bilan nisholagan oqshomda "Paxtakor" "Qayrat"dan ustun keldi

Teglar :  PaxtakorQayrat
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi doirasida o'tkazilayotgan "Qayrat" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Qayrat" - "Paxtakor" 0:1  (TUGADI)

Olma-Ota, "Markaziy" stadioni. 

Hakamlar: Rustam Omarov, Sergey Vasyutin, Samat Tergeusizov, Birjan Serjanuli

Gol: Pshemislav Banashak 90+2, 0:1

"Qayrat": Danil Ustimenko, Maki Banyak, Bayjan Madelxan, Sergey Keyler, Egor Tkachenko, Erkebulan Seydaxmet, Aleksandr SHirobokov, Dmitriy Sergeev, Andrey Ulshin, Anton Krachkovskiy, Artur SHushenbaev. 

Zaxira: Vadim Ulyanov, Temirlan Anarbekov, Damir Kasabulat, Adilet Sadibekov, Joao Paulo, Ofri Arad, Lev Kurgin, Yan Trufanov, Vyacheslav SHviryov.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Muhammadqodir Hamraliev, SHahzod Azmiddinov, Farruh Sayfiev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Doston Hamdamov, Dragan CHeran, Aziz Turg'unboev, Pshemislav Banashak.

Zaxira: Nikita SHevchenko, Muhammadrasul Abdumajidov, Kimi Merk, Mixail Kuxarchik, Diyor Xolmatov, Doston Tursunov, Behruz Asqarov, Xojimat Erkinov, Dilshod Saitov, Muhammadali O'rinboev.

Ogohlantirish: Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor") 27, Andrey Ulshin ("Qayrat") 76


MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi.

90+2. Qarshi hujumda chiroyli kombinaciya tashkil qilgan "Paxtakor" raqib darvozasini ishg'ol qildi. Banashak himoyachilardan qaytgan to'pni darvozaga yo'llab qo'ya qoldi.

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOL. Men bu onlarni naqd 90 daqiqa kutdim. 

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

88. ZARBAAAA. Sayfiev to'pni jarima maydonchasiga uzatdi. "Paxtakor" futbolchisining boshi bilan yo'llagan zarbasini Ustimenko qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. 

86. ZARBAAAA. Paulo yana vaziyatdan foydalana olmadi. "Paxtakor" himoyasi katta o'yinlarga tayyormikin?

80. Ikki jamoa ham vaziyatlardan foydalana olmadi. Paulo gol urishga yaqin kelgandi. Temp ko'tarildi. 

77. ZARBAAAAAAAA. "Qayrat" to'purari Joao Paulo olisdan zarba yo'llab ko'rdi. Xavfli lekin noaniq. 

76.  OGOHLANTIRISH. "Qayrat", Farruh Sayfievga qarshi qo'pol harakat qilgan Andrey Ulshin sariq kartochka bilan jazolandi. 

72. CHiroqlar yondi. O'yin davom etadi. 

65. Uchrashuvni tomosha qilish uchun 12 000 nafar muxlis tashrif buyurgani aytildi. 

65. Bu orada stadion yoritgichlarida muammo yuzaga keldi. Arena yarimida projektorlar o'chib qolgan. Suhandon esa tindirmayapti. 

64. Suv ichib olish uchun kichik to'xtalish. Bu orada murabbiylar o'z futbolchilariga ko'rsatmalarni bermoqda. 

63. Maksim SHackix fikrimizcha bugun bitta tarkibni 90 daqiqa o'ynatishni reja qilgan. "Qayrat" esa taym boshida 7 nafar o'zgarishni amalga oshirdi. 

61. UXXX. "Qayrat"dan yaxshi hujum. SHushenbaevga himoyachilar xalaqit qilib qoldi. 

54. "Paxtakor" o'yinni o'z qo'liga olishga intilyapti. 

52. O'yin tempi biroz tushdi. 

48. "Paxtakor" ikkinchi bo'limni tezkor hujumlar bilan boshladi. Alijonov, Hamrobekovda yaxshi vaziyatlar yuzaga kelgandi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

39. UXXX, "Qayrat" xavfli hujum tashkil qildi. So'nggi pallada Sobirxo'jaev kelib to'pni chiqarib yubordi. "Paxtakor" himoyachilari bu vaziyatla shoshib qolishgandi. 

35. Barakalla Hamraliev. U raqib zarbasi yo'liga to'g'anoq bo'la oldi. 

27. OGOHLANTIRISH. Muhammadqodir Hamraliev, "Paxtakor". 

21. Jamoalarga suv ichib olish uchun 1 daqiqa kichik tanaffus berildi. 

20. ZARBAAAA. Hadamov ikkinchi bor omadini sinab ko'rdi. Raqib posboni mahoratini ko'rsatdi. 

19. Qanotlar faol. Uzatmalar bor. Zarba ham bor. Gol yo'q. 

17. Xojiakbar Alijonov xuddi sher kabi raqib himoyasiga kirib bordi. Uning uzatmasini esa golga aylantiradigan futbolchi topilmadi. 

11. "Qayrat" futbolchisi Keylerning uzatmasi yoki zarbasi noaniq ketdi. 

6. Quvvatov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Vaziyat ortda qoldi. 

4. ZARBAAAA. Doston Hamdamov jarima maydonchasi ichida bo'sh xududda to'pni qabul qilib olib zarba berda. Noaniq. 

Uchrashuv boshlandi. 

Ikki jamoa mamlakati madhiyalari yangradi. 

Jamoalar yashil maydonga chiqib kelishmoqda. 

Stadion atrofidagi muhit bitta videoda. VIDEO

- Uchrashuv 19:00da boshlanadi. 

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика