So’nggi yangiliklar

00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  7 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  14 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1

O'rtoqlik uchrashuvi. "Neftchi" "Andijon" ustidan irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Neftchi" "Andijon" ustidan irodali g'alabaga erishdi

FIFA kunlari munosabati bilan chempionatimizda qisqa tanaffus yuzaga keldi.

Kecha Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionida vodiyning ikki etakchi klublari "Neftchi"  hamda "Andijon" o'rtasida o'rtoqlik bellashuvi bo'lib o'tdi.

Aytib o'tish joizki, ushbu o'yinda har ikkala jamoada bir qator etakchi futbolchilar qatnashmadi. SHuning uchun murabbiylar zaxirada qolib ketayotgan ko'plab futbolchilarga imkoniyat berishga qaror qildilar. Uchrashuv esa "Neftchi"ning hujumlari bilan boshlanishiga qaramay o'yindagi hisobni andijonliklar ochishga muvaffaq bo'lishdi. Qanotdan oshirilgan uzatmaga birinchi bo'lib etib kelgan Rustam Turmurodov boshi bilan aniq zarba yo'llab mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Keyinchalik tashabbusni qo'llariga olgan farg'onaliklar har qancha urinishmasin tanaffusga jamoalar 0:1 hisobi bilan yo'l olishdi. 

Ikkinchi bo'limda "Neftchi" murabbiylari o'zgarishlarni amalga oshirdi va zaxiradan maydonga tushgan Anvarjon G'ofurov 70-daqiqada jarima maydonchasi ichiga havodan oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi va hisobni tenglashtirdi 1:1. Urilgan goldan keyin ham "buyuk chinorlar" bosimni kamaytirishmadi va bu urinishlar o'z mevasini berdi. 86-daqiqada Bilolxon Toshmirzaevning bergan kuchli zarbasini mehmonlar posboni qaytarishga erishdi, lekin qaytgan to'pni Sanjar Qodirqulov darvoza to'riga joylab qo'ydi 2:1. 

Qolgan daqiqalarda har ikki jamoa qanchalik urinmasin, boshqa gol urish hech kimga nasib qilmadi. 


"Neftchi" - "Andijon" 2:1
Gollar
: Anvarjon G'ofurov (70), Sanjar Qodirqulov (86) — Rustam Turdimurodov (5)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика