O'rtoqlik uchrashuvi. "Haskovo" - "Real" 10:5

Tolibjon Qosimov
18 apr 2016, 14:24
16 aprel kuni ikkinchi liga ishtirokchisi hisoblangan "O'rikzor" jamoasi murabbiylari va rahbariyatidan tashkil topgan "Haskovo" jamoasi "Real" nomli klub bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida tashkil etilgan o'yinda "Haskovo" raqibini yirik 10:5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

O'rtoqlik uchrashuvi
"Haskovo" - "Real" 10:5


"Haskovo": Mahmud Hamidxo'jaev, Baxtiyor Ergashev, Sarvar Shoahmedov, Shoxruh Saidov, Vohid Xolboev, Anvar Hafizov, Sherzod Sharipov, Kamol Otaboev, Omon Rahimov, Farhod Mirahmedov.

Uchrashuv fotogalereyasini saytimizning maxsus bo'limida tomosha qilishingiz mumkin.

FOTO




Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia