O'rtoqlik uchrashuvi. "Dinamo" - "SHo'rtan" 4:3
06 sen 2015 14:47
Yangiliklar
O'rtoqlik uchrashuvi. "Dinamo" - "SHo'rtan" 4:3
Xabaringiz bor, Dinamo 21 avgust kuni 19-tur doirasida Muxtor Qurbonov boshchiligidagi SHo'rtan klubiga qarshi to'p surgan va o'shanda jangovar 3:3 natijasi qayd etilgandi. Endi esa Dinamoni 21-turda Namanganning Navbahor klubiga qarshi muhim o'yin kutib turibdi. Ushbu bahsga qizg'in hozirlik ko'rayotgan Bahrom Hakimov shogirdlari shanba kuni G'uzor jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.
Qayd etish joizki, bu safargi bahs ham o'rtoqlik maqomida bo'lsada juda shiddatli va gollarga boy o'tdi. Dinamo stadionida kechgan bahs bu safar ham jangovar 3:3 natijasi bilan yakunlanishi mumkin edi. Ammo so'nggi daqiqada yosh yarimhimoyachi Jasur Azimov Dinamoga g'alaba keltiruvchi gol muallifi bo'ldi, 4:3.
O'rtoqlik uchrashuvi.
Samarqand, Dinamo stadioni.
5 sentyabr (shanba)
DINAMO - SHO'RTAN - 4:3 (1:0)
Gollar: Kamoliddin Murzoev 15, Sergey Rekun 74, 81, Jasur Azimov 89 – Eldor Boymatov, Zafar Polvonov, Mirzakamol Kamolov.
Dinamo: Muhiddin Xudoyorov, Artyom Filiposyan, Akmal Xolmurodov, Bunyod Isroilov, Firdavs Abdusalimov, Ilhom Yunusov, Dilshod SHarofutdinov, Otabek Zokirov, Feruz Boboqulov, Farrux SHotursunov, Kamoliddin Murzoev.
Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Andrey Melnichuk, Islom SHaripov, Hamdam Rahmonov, Sergey Rekun, Akmal Bozorov, Komil SHarofutdinov, Temur SHaripov, Jasur Azimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar