O'rtoqlik o'yini. Verner “CHelsi”dagi ilk golini urgan bahsda durang qayd etildi
29 avg 2020 21:45
Yangiliklar


O'rtoqlik o'yini. Verner “CHelsi”dagi ilk golini urgan bahsda durang qayd etildi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan “aristokratlar” safarda “Brayton” bilan nazorat bahsini o'tkazib durang o'ynadi.
Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Timo Verner raqib darvozasini ishg'ol etib, yangi jamoasidagi ilk golini urishga erishdi. Aytish joizki, mazkur golda Hakim Ziesh ham qatnashgan. Uning jarima maydoniga etkazgani to'pini Kallum Xadson-Odoi boshi bilan Vernerga uzatgandi.
«Brayton» — «CHelsi» — 1:1 (0:1)
«Falmer» o'yingohi
Gollar: Verner, 4 (0:1); Gross, 90 (1:1, P).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar