O'rtoqlik o'yini. SHenol Gunesh Ektor Kuperga Turkiya terma jamoasi libosini sovg'a qildi
02 iyu 2019 22:43
Yangiliklar


O'rtoqlik o'yini. SHenol Gunesh Ektor Kuperga Turkiya terma jamoasi libosini sovg'a qildi
Bir necha daqiqalardan so'ng Turkiya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga start beriladi.
Ayni paytda har ikkala jamoa azolari chigalyozdi mashqlarini bajarishmoqda.
FOTO Turkiya -O'zbekiston. Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz stadionga etib keldi
Bu vaqtda Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi SHenol Gunesh jamoa sardori va turk futbolining boshqa bir afsonasi Emre Belozog'lu bilan birga O'zbekiston MTJ ustozi Ektor Kuperga milliy terma jamoa libosini sovg'a qilishdi.
Eski tanishlar juda iliq ko'rishishdi. Kuper va Emre Belozog'lu argentinalik mutaxassis Italiyaning "Inter" klubini boshqargan 2001-2003 yillarda "neradzurrilar" tarkibida birga ishlashgan.
Gunesh Kuperga Turkiya terma jamoasi libosini sovg'a qildi.
Libosga 10 raqami va Ektor Kuperning ism-sharifi tushirilgan.
O’xshash yangiliklar
15:12
Muxlislar bilan to'lgan, "Navbahor" "Oq-tepa" ustidan minimal g'alabaga erishgan o'yindan GALEREYA 0
14:46
"Шo'rtan" G'uzorda bir kishi kam qolgan "Olimpik"ni yirik hisobda dog'da qoldirgan o'yindan GALEREYA 0

Fikrlar