So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  3 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  7 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

"Orol"ning ushbu mavsumdagi natijalari haqida faktlar Yangiliklar

"Orol"ning ushbu mavsumdagi natijalari haqida faktlar

"Orol" jamoasi ushbu mavsumda Pro ligada 6 ta uchrashuv o'tkazdi. Jamoaning natijalari haqidagi qiziqarli malumotlarni etiboringizga havola etamiz.

1. "Orol" mavsum davomida hozircha 6 ta uchrashuv o'tkazib, 2 durang, 4 mag'lubiyat qayd etdi.

2. Nukusliklar o'z maydonida 3 o'yinda ham yutqazgan bo'lishsa, mehmondagi 3 o'yinning ikkitasida ochko bilan qaytishgan.

3.  Nukusdagi uchta uchrashuvga stadionga jami 5301 nafar muxlis tashrif buyurgan.

4. Jamoaning 7 ta goli 3 nafar futbolchi hisobiga yozildi. Navro'z Xaipov 5 ta gol urgan bo'lsa, Navro'z Alimov va Nurlibek Talasbaev bittadan golga mualliflik qilishdi.

5. "Orol" birinchi bo'limlarda atigi 2 ta gol kiritgan.

6. Islom Seytnazarov avtogol urgan "Orol"ning yagona futbolchisi.

7. To'qqiz nafar futbolchi sariq kartochka olgan. Damir Nizanov va Ulug'bek Quttiboevlar ikki martadan ogohlantirilishgan.

8.  "Andijon" futbolchisi E.Boymatov "Orol"ga qarshi o'yinda penaltidan foydalana olmagan.

9. "Orol" jamoasi uch marta penalti tepgan va har uchalasidan ham Navro'z Xaipov unumli foydalangan.

10.  Etti nafar futbolchi 6 ta uchrashuvda ham maydonga tushishdi. Islom Seytnazarov va Navro'z Xaipov barcha o'yinlarni to'liq 90 daqiqadan o'tkazishgan.

11. Oltita uchrashuvda "Orol" darvozasini uch nafar darvozabon himoya qildi.

Furqat Yusupov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика