"Orol" va "Kosonsoy" klublariga texnik mag'lubiyat yozildi
20 okt 2015 12:46
Yangiliklar

"Orol" va "Kosonsoy" klublariga texnik mag'lubiyat yozildi
O'zbekiston Birinchiligi doirasida tur uchrashuvlariga tashrif buyurmaganliklari uchun "Orol" hamda "Kosonsoy" klublariga nisbatan intizomiy choralar ko'rildi.
O'zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 9-turi doirasida "Yozyovon-Lochinlari"ga qarshi uchrashuvga tashrif buyurmagani va 2015 yilgi musobaqa reglamenti buzgani uchun (Tartib-intizom kodeksi, 5 modda, 5.3 punkti) "Orol PFK" klubiga texnik mag'lubiyat yozildi (-:+). "Yozyovon Lochinlari" klubiga esa, mazkur uchrashuv uchun texnik g'alaba yozildi (+:-) hamda klub hisobiga 3 ochko qo'shildi. Bundan tashqari "Orol PFK" jarimaga tortildi.
O'zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 12-turi doirasida "Orol" klubiga qarshi uchrashuvga tashrif buyurmagani va 2015 yilgi musobaqa reglamenti buzgani uchun (Tartib-intizom kodeksi, 5 modda, 5.3 punkti) "Kosonsoy" klubiga texnik mag'lubiyat yozildi (-:+). "Orol" klubiga esa, mazkur uchrashuv uchun texnik g'alaba yozildi (+:-) hamda klub hisobiga 3 ochko qo'shildi. Bundan tashqari "Kosonsoy" PFK jarimaga tortildi.

O’xshash yangiliklar

Fikrlar