So’nggi yangiliklar

10:16Трансфермаркт нашри 2025 йилда энг кўп нархи тушган футболчилардан иборат рамзий терма жамоани тузиб чиқди  0 09:50"Сепахон" бош мураббийи Игор Сергеев ҳақидаги саволга жавоб берди  3 09:23Туркия Суперлигаси. Шомуродов яна бир кўрсаткичда етакчилик қилмоқда  1 08:56Ўзбекистон МТЖ ЖЧ олдидан сўнгги йиғинини қачондан бошлаши маълум  0 08:30Ўзбекистонлик футболчи Қозоғистон чемпионатида тўп тепган легионерлардан иборат рамзий терма жамоадан ўрин олди  0 08:03Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин  14 07:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси футболчиси "Брага"да?  4 02:40А Серия. "Интер" қийин ўйинда Бергамода "Аталанта"ни минимал ҳисобда мағлуб этди ва жадвалда биринчи ўринга кўтарилиб олди  8 01:49Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди  18 23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0 23:12Дембеле Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  12 22:11Дембеле, Ямал, Мбаппе, Хакими, Холанд, Педри, Доннарумма ва Кейн IFFHS’нинг 2025 йилги терма жамоасида  8 22:05А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га муҳим ўйинда ғалаба келтирди  2 21:3730 декабрь - ОЧЛ 2 қуръаси  2 20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  1

"Orol" mavsumni ko'tarinki ruhda boshladi Yangiliklar

"Orol" mavsumni ko'tarinki ruhda boshladi

Hech qanday qishgi yig'insiz mavsumni boshlagan "Orol" o'z muxlislarini havotirga qo'ygani bor gap.
O'tgan mavsumda maoshsiz o'ynagan qoraqalpoqiliklar bu mavsum ham shu vaziyatga tushishdan hayiqardi. SHunga qaramay jamoa bosh murabbiyi Nematullo Qutiboev va muxlislarning qo'llab-quvvatlashi natijasida mart oyida Nukusda yig'in boshladi.

Birinchi o'yin:
1 aprel. O'zbekiston kubogi, 1/32 final.
"Orol" - "Xorazm"  3:0

Bu o'yin derbi maqomida edi va juda ham shiddatli kechdi. SHukurillo Qutiboev, Miyras Qarliboev, Islombek Seytnazarovlarning gollari "Orol"ga yirik 3:0 hisobida g'alaba olib keldi. SHundan keyin klub O'zbekiston kubogining 1/16 bosqichiga yo'l oldi.

O'zbekiston birinchiligi. 1-tur . 04.04.2015
"Orol" - "Alanga" 9:0

Kubok bosqichini yirik g'alaba bilan boshlagan nukusliklar bu o'yinda ustunlik qilishi aniq edi. Birinchi bo'limning o'zida Marat Auezniyazov, Nauriz Xaipov, Miyras Qarlibaev hisobni 3:0 ga etkazdi. Bu o'yinda "Alanga" kurashdan to'xtagan edi. Ikkinchi bo'limda "Orol" chiroyli futbol namoish etish uchun maydonga tushdi va yana oltida gol kiritdi. G'ayrat SHilmanov, SHaryar Kerimbaev, Azamat Alyasov, SHukurilla Qutiboev va Marat Auezniyazovning dubli jamoaga yirik g'alaba keltirdi.

Nematulla Qutiboevning jamoasi "Alanga"ni tor-mor etdi.

O'zbekiston birinchiligi. 3-tur.
"Orol" - "Obod"  2:1


Ko'pchilik Oliy ligaga "Obod"ni nomzodlardan bir deb aytmoqda. SHu sababli bu o'yinga muxlislar sonida oshib ketdi. 6458 tomoshabin bu o'yinni ko'rish uchun stadionga keldi.  Bu o'yinda "Orol" uch ochko olishi shartdek edi. Ikkinchi turda Xorazmda mag'lub bo'lgan nukusliklar bu o'yinga jiddiy tayyorlandi.

"Obod" birinchi bo'lib standartdan gol kiritishga erishdi.  43 daqiqada Islambek Seytnazarov hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'lim juda ham qiziqarli kechdi. 47-daqiqada jamoa sardori Muratbay Abdimuratov hisobni 2:1 ga etkazdi. Jamoalar har qancha urinmasin hisob o'zgarmadi.

"Orol" o'z maydonida uchinchi o'yinda uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

O'zbekiston birinchiligi. 4-tur.
"Orol" - "Nasaf-2"  1:0


"Nasaf-2" bir kun avval Nukusga keldi va o'yinga jiddiy tayyorlangan holda keldi. Turnir jadvalida ham bu jamoa tepada edi. Birinchi "Obod" , ikkinchi "Nasaf-2"  va uchinchi "Orol" borayotgan edi. "Orol" safida esa bir qancha yuqorishlar bor edi. Darvozabon SHerali Mahmudov o'z debtyutini o'tkazdi. Azamat Ilyosov esa jarohati bois maydonga tushmadi. Birinchi bo'limda boshqa gol kiritilmadi.

Ikkinchi bo'limda esa "Orol" hujumga o'tdi va 73-daqiqada "Nasaf-2" himoyachisi o'z jarima maydonchasi ichida to'pga qo'li bilan o'ynadi va penalti belgilandi.

Navruz Haipov to'pga yaqinlashdi va gol urdi.  Bu gol g'alaba goli bo'ldi va yani "Orol" o'z maydonida to'rtinchi o'yinda to'rtinchi g'alabani qo'lga kiritdi.

Muxlislar bu g'alaba uchun Qutiboevga minnatdorchilik bildirdi.

SHunday qilib jadvalda birinchi o'ringa ko'tarilgan "Orol"ning maqsadlari jiddiy. Mavsum boshidan buyon o'z maydonida to'rtta o'yin va to'rtta g'alaba. To'plar nisbati esa 15:1.

Navbat O'zbekiston kubogiga

28 aprel. 1/16 final.
"Orol" - "SHo'rtan"


"Orol" muxlislari anana davom etishini istaydi.
Alga "Aral" ! "Aral"ga aumet!


Adilbay Allaniyazov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика