So’nggi yangiliklar

00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  0 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  3 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  9 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  2 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:28АПЛ. "Ливерпуль" - "Лидс" ҳамда Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  1 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  9 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1

"Orol" - "Dinamo". PREVYU Yangiliklar

"Orol" - "Dinamo". PREVYU

10 may kuni Pro-liga "A"ning 8-turida Nukusning "Orol" jamoasi o'z maydonida Samarqandning "Dinamo"sini qabul qiladi.

Ushbu mavsumda quyi ligada 6 tdan uchrashuv o'tkazgan har ikkala jamoa ham g'alaba qozonishmadi va haqli ravishda turnir jadvalining oxirgi 2 o'rinini band etib turishibdi. Samarqandliklar 3, nukusliklar 2 o'yinda raqib bilan murosa ko'chasini tanlashgan.

"Orol" Nukusda kechgan 3 ta o'yinda ham imkoniyatni boy berib o'z muxlislarini ranjitib kelmoqda. "Dinamo" esa mehmondagi 3 o'yinda 1 ochko to'plagan.

Umuman olganda Nukus jamoasi quyi ligadagi oxirgi 10 ta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti. Samarqandliklar esa Oliy ligani ham qo'shganda 8 ta o'yinlik g'alabasiz seriyaga egalar.

"Orol" jamoasi ushbu mavsumda 7 ta, "Dinamo" esa 3 ta gol urdi. Etiborli jihati nukusliklar hujumchisi Navro'z Xaipovning o'zi 5 ta gol urgan.

Jamoalar bundan oldin 2016 yilgi mavsumda o'zaro to'qnash kelishgan edi. O'shanda "Dinamo" Nukusda 3:2, Samarqandda 6:1 hisobida zafar quchgan.
 Ertaga bo'ladigan to'qnashuv har ikkala jamoa uchun ham juda muhim.

“Orol” (Nukus) - “Dinamo” (Samarqand)
Hakamlar
: F.Norsafarov (Qarshi), SH.Rahmatov (Buxoro), A.G'iyosov (Buxoro)
Nazoratchi: I.SHaripov (Buxoro)
Komissar: U.Umarov
Boshlanish vaqti: 17:00

Furqat Yusupov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика