

Futbolchining jarohati ancha jiddiy. Funes Mori bilan bo'lgan to'qnashuvda Origi oyog'ini jarohatlab olgandi. Hujumchi 4-6 hafta oralig'ida safga qaytishi taxmin qilinmoqda. Origi Belgiya terma jamoasi safida Yevropa chempionatiga borishi so'roq ostida. Agarda Origi chempionatga qadar jarohatidan forig' bo'lsagina Fransiyada o'tadigan musobaqada ishtirok etishi mumkin.


