Orif Mamajonov: Kechagi golimni farzandimga bag'ishladim
16 avg 2014 19:29
Yangiliklar
Orif Mamajonov: Kechagi golimni farzandimga bag'ishladim
Oliy liga har turidan so'ng axborot hamkorimiz Championat.asia tomonidan turning ramziy terma jamoasi tuzib chiqilmoqda.
Bu safargi ramziy jamoadan bosh murabbiyimiz Davron Fayziev, darvozabon Aleksandr Melenchuk va yarim himoyachi Orif Mamajonov joy olishdi. Biz kechagi o'yinda So'g'diyonaga g'alabani olib kelgan to'pga mualliflik qilgan Orif Mamajonov bilan suhbatlashdik.
- Avvalam bor Sizni oilangizda yangi farzand dunyoga kelgani bilan tabriklaymiz! Kechagi gol ham chaqaloqqa atalgan bo'lsa kerak?
- Ha yaqinda farzandli bo'lgandim, kechagi golimni ham farzandimga bag'ishladim.
- Kechagi o'yin qanday kechdi, har holda qimmatli uch ochko qo'lga kiritildi…
- Kechagi o'yinda bizga 3 ochko suv va havodek zarur edi. Biz uchun juda qiyin o'yin bo'ldi va biz kerakli natijaga erishdik
- Siz oliy liga 16-tur ramziy terma jamoasiga kiritildingiz…
- Albatta bu men uchun kutilmagan bo'ldi. Farzandlik bo'ldim, muhim uchrashuvda gol kiritib jamoamga yordam berdim va ramziy terma jamoaga kiritildim. Bundan keyingi uchrashuvlarda ham jamoamizga bor kuchim bilan yordam beraman.
- SHuningdek, bosh murabbiy Davron Fayziev va jamoadoshingiz Aleksandr Melenchuk ham ramziy terma jamoaga kiritilgan. Ular haqida qanday fikrdasiz?
- Davron aka hamma yigitlarni birlashtirish, g'alabalar sari olib borishga harakat qilayapti. Sasha esa yaxshi darvozabon bo'lishidan tashqari, uning insoniylik jihatlari ham ajoyib bo'lgan inson.

Fikrlar