So’nggi yangiliklar

19:16"Футбол олами". "Насаф" чемпионлик сари катта қадам ташлади. 18-тур ҳақида  0 19:09Футзал бўйича ЖЧ. ​Қозоғистон Ливия дарвозасига 4 та тўп киритди, 9 та гол урилган ўйинда Украина Анголани енгди  1 19:00Про лига. "Бухоро" "Арал"га мағлуб бўлди, "Машъал" "Хоразм" билан баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  1 18:50Ўзимизнинг карикатура: "Пахтакор" учун янги қўрқинчли турнир  0 18:29Парагвай бош мураббийи: "Катта тажрибага эга мураббий қўл остидаги кучли Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатдик"  1 18:06"Бавария" ярим ҳимоячиси АПЛга ўтиши мумкин  0 17:38ОЧЛ 2 олдидан. "Насаф" халқаро ўйинларга тайёрми?  13 17:26"Кувайт СК" – "Насаф" учрашувини ким бошқариб боради?  0 16:41Футзал бўйича ЖЧ. Ўзбекистон Парагвайга имкониятни бой берган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 16:12Жесси Лингард машмаша марказида  1 15:45"Зўр ТВ" бугун ЕЧЛнинг қайси учрашувини кўрсатади?  10 15:17Билармидингиз? Роналду ва Тен Ҳаг зирак туфайли уришиб қолган  17 14:49"Металлург" бош мураббийи ҳакамларни ёмонлагани учун жарима тўлайди  3 14:21Муҳаммад Чиҳ: "Ўзбекистон Коста-Рикага қараганда кучлироқ рақиб ҳисобланади"  4 14:08Пеп Гвардиола: "Лаутаро Мартинес – ажойиб футболчи"  6

Oradan besh yil o'tib: ular hozir qaerda? Yangiliklar

Oradan besh yil o'tib: ular hozir qaerda?

2013 yilning 21 iyun - 13 iyul kunlari Turkiyada yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkazilgandi. Ushbu musobaqada 20 yoshgacha futbolchilardan iborat terma jamoalar ishtirok etgan bo'lib, ular orasida O'zbekiston ham bor edi.

Esingizda bo'lsa, Turkiyadagi kichik mundialda terma jamoani Ahmadjon Musaev boshqargan bo'lib,  U-20 futbolchilar yakunda chorak finalga qadar etib borgan hamda bo'lajak chempion Franciyaga imkoniyatni boy bergan holda musobaqani tark etgandi. 

SHundan beri oradan besh yil o'tdi. Bu orada futbolchilar besh yoshga ulg'ayishdi. Savol tug'ilishi mumkin: nega hozir o'sha musobaqa yodga tushib qoldi? Bunga avvalo Rossiyada o'tkazilgan mundialda Franciya terma jamoasining jahon chempioni bo'lgani sabab bo'ldi. CHunki bu yil g'olib chiqqan francuzlardan 2013 yil yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ikki futbolchi o'ynagandi. Gap himoyachi Samuel Umtiti va yarim himoyachi Pol Pogba haqida boryapti. 

Besh yil oldin Turkida o'tkazilgan FIFA U-20 jahon chempionati finalida Franciya Urugvayni mag'lub etib, musobaqaning bosh sovrinini qo'lga kiritgandi. CHorak finalda bu jamoa bizni 4:0 hisobida mag'lub etgani hamon yodimizda. Gollardan birini Pogba urganini ham yaxshi eslaymiz. Lekin turnir davomida bizning futbolchilar ham yomon taassurot qoldirmagandi. Mayli, bu endi tarix. 

Hozir boshqa davrda yashayapmiz va aksar futbolchilar yodidan mundial ko'tarilgan bo'lsa kerak. Faqat shu o'rinda bir masala o'ylantiradi: oradan besh yil o'tib bizni musobaqadan chiqarib yuborgan franciyaliklardan ikki nafar jahon chempioni bo'ldi. Qolaversa, Turkiya-2013dan keyin ularning ko'plab futbolchisi kuchli klublarga o'tib ketdi. Biznikilar bilan nima bo'ldi? Ular hozir qaerda? Quyida shu haqda fikr yuritishga harakat qilamiz. 


JCH-2013 yo'llanmasi qanday qo'lga kiritilgandi? 

Birdaniga yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga o'tishdan oldin musobaqa yo'llanmasi qanday qo'lga kiritilganini ham eslab o'tsak. Malumki, 2012 yil BAAda yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati tashkil qilingandi. Mazkur musobaqa 3-17 noyabr kunlari o'tkazilgan. O'shanda chempionat O'zbekistonda ham o'tkazilishi mumkin edi, chunki mezbon sifatida davogarlar ro'yxatida Bangladesh, Falastin, BAA bilan bir qatorda biz ham bor edik. Ammo 2011 yilning 23 noyabr kuni OFK bu borada yakuniy qaror chiqarib, mezbonlikni BAAga taqdim etadi. 

O'zbekiston U-19 terma jamoasi Osiyo chempionatiga saralash bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazgan holda yo'l oladi. Bir yil oldin saralash bahslari Eron poytaxti Tehronda o'tkazilgan bo'lib, biz Erondan so'ng ikkinchi bo'lgandik. Bizdan keyingi o'rinlarni Hindiston, Turkmaniston va Pokiston band etgandi. Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida vakillarimiz “A” guruhidan joy oladi. Guruh o'yinlarini Vetnam (4:0), Iordaniya (2:2) va KXDR (2:0)ga qarshi o'tkazgan O'zbekiston U-19 terma jamoasi 1-o'rin bilan guruhdan chiqqan. 

CHorak finalda futbolchilarimiz Suriyaga qarshi bahs olib boradi va o'yin 2:2 hisobida yakun topadi. G'olib penaltilar seriyasida aniqlanishi lozim edi. Bunda 3:0 hisobida omad biz tomonda bo'ladi. Suriyalik futbolchilar birorta ham 11 metrlik jarima to'pini to'g'ri amalga oshira olishmaydi. SHunday qilib Ahmadjon Musaev shogirdlari yarim finalga yo'l olishadi. Bu esa kuchli to'rtlik - yani, yoshlar o'rtasidagi jahon chempimonati yo'llanmasi naqd degani edi. 

Malumki, FIFA yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatlariga Osiyo uchun to'rtta yo'llanma ajratadi. Afsuski, yarim finalda omad yuz o'giradi. Bo'lajak chempion Janubiy Koreya 3:1 hisobida g'alaba qozongan holda finalga yo'l oladi. O'zbekiston terma jamoasi esa ortga qaytishga majbur bo'ladi. Yakunda Janubiy Koreya Iroqni penaltilar seriyasida mag'lub etib Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan. 


Turkiyadagi ishtirok 

2013 yil Turkiyada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga O'zbekiston terma jamoasi 21 nafar futbolchi bilan yo'l oladi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, faqat shuncha o'yinchini ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berilgan bo'lib, ulardan 3 nafari darvozabon bo'lishi shart edi. Natijada Ahmadjon Musaev quyidagi tarkibni kichik mundialga olib ketadi. 

Darvozabonlar: Asilbek Omonov (“Paxtakor”), Akmal Tursunboev (“Andijon”), Bahodir Mirsoatov (“Lokomotiv”).  
Himoyachilar: Tohir SHamsiddinov (“Guliston”), Sardor Rahmonov (“Lokomotiv”), Bobur Yo'ldoshev (“Lokomotiv”), Maksimilian Fomin (“Paxtakor”), Kamronbey Kapadze (“Bunyodkor”), Nodir Sanaqulov (“Nasaf”), Azamat Abdullaev (“Qizilqum”).  
Yarim himoyachilar: Abbos Maxsitaliev (“Paxtakor”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Diyor Turopov (“Olmaliq”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Sobirxo'jaev (“Bunyodkor”), Muhsin Ubaydullaev (“Paxtakor”).
Hujumchilar: Abdulaziz Yusupov (“Paxtakor”), Jasur Hakimov (“Paxtakor”), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Zabixillo O'rinboev (“Bunyodkor”). 


Vakillarimiz jahon chempionatida “F” guruhidan joy olishadi va Yangi Zelandiya, Xorvatiya hamda Urugvayga qarshi bahs olib borishadi. 23 iyun kuni Yangi Zelandiyaga qarshi o'tkazilgan birinchi o'yin biz uchun muvaffaqiyatli chiqib, futbolchilarimiz 3:0 hisobida zafar quchishadi. Abbos Maxsitaliev, Igor Sergeev va Diyor Turopov tomonidan kiritilgan gollar ilk uch ochkoni keltirgandi.

Keyingi bahs Xorvatiyaga qarshi kechib, bunda 1:1 hisobida qayd etiladi. Bu safar Sardor Rahmonov gol muallifi bo'ladi. Darvoqe, xorvatlar safida o'shanda bizga qarshi to'p tepgan Ante Rebich hozirda milliy terma jamoa azosi hisoblanadi va u JCH-2018da kumush medallarga sazovor bo'ldi. Nihoyat guruhdagi oxirgi uchrashuv Urugvayga qarshi kechib, yirik 0:4 hisobida yutqazib qo'ygandik. 

O'zbekiston U-20 terma jamoasi garchi guruhda uchinchi o'rinni egallagan bo'lsa-da, eng yaxshi ko'rsatkichga ega oltita jamoadan biri sifatida keyingi bosqichga yo'l oladi. Keyingi bosqichga chiqqanlar orasida bizdan tashqari Janubiy Koreya, Meksika, Gana, Misr va El Salvador ham bor edi. SHundan so'ng musobaqaning 1/8 final o'yinlariga start beriladi. O'zbekiston navbatdagi bahsni “D” guruhidan birinchi o'rin bilan chiqqan Greciyaga qarshi o'tkazib, 3:1 hisobida zafar quchadi. 

Aytish mumkinki, o'sha bellashuv kichik mundialda ko'rsatgan o'yinlarimiz orasida eng yaxshisi bo'lgandi. Avvaliga Maxsitaliev o'yinda hisobni ochadi. Keyin greklar penaltidan hisobni tenglashtirishadi. Birinchi taym 1:1 hisobida yakun topadi. Tanaffusdan so'ng Igor Sergeev ham penaltidan to'p kiritib hisobni 2:1 ko'rinishga keltiradi. O'yinning asosiy vaqti tugashiga 7 daqiqa qolganida esa Sardor Rahmonov raqib darvozasini ishg'ol etadi. Eng qizig'i, bu gol ham penaltidan kiritilgan. SHunday qilib biznikilar 3:1 hisobida zafar quchgan holda chorak finalga yo'l olishadi. 

CHorak finalda bizni dahshatli raqib Franciya kutib turardi. Braziliyalik mashhur hakam Sandro Richchi boshqarib borgan o'yinda francuzlar bizga umuman immkoniyat qoldirmaydi. O'yin 4:0 hisobida nihoyasiga etadi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, gollardan birini yaqinda jahon chempioni bo'lgan Pogba darvozaga kiritib, jamoasini yarim finalga olib chiqadi. Natijada kichik mundialdagi ishtirokimiz chorak finalda tugaydi. Francuzlar esa yarim finalda Ganani, undan keyin finalda biz bilan bir guruhda kurashgan Urugvayni mag'lub etib, o'z tarixlarida birinchi bor yoshlar o'rtasida jahon chempioni bo'lishadi. 


Oradan yillar o'tdi va...

Turkiyada o'tkazilgan FIFA U-20 jahon chempionatidan so'ng besh yil o'tdi va bugungi kunlarga ham etib keldik. Bu orada bazi futbolchilar o'sishga erishib, oliy liga klublari qatoridan joy olishdi. Bazilari esa umuman ko'rinmay qolishdi. SHu o'rinda darvozabonlardan boshlaydigan bo'lsak, Asilbek Omonov bilan Akmal Tursunboev hozirda “Buxoro” jamoasi darvozasini qo'riqlab kelishyapti. Omonov mavsum boshidan beri 12ta o'yinda maydonga tushib o'z darvozasidan 17ta gol o'tkazib yuborgan bo'lsa, Tursunboev 8ta o'yinda harakat qilib 8ta gol o'tkazdi. Aytish mumkinki, bu ikki darvozabon yuqori darajada haminqadar o'ynab kelyapti. Lekin uchinchi posbon Bahodir Mirsoatov hozir qaerda, futbol o'ynayaptimi, buni bilmaymiz. Balki futbolni tugatgan bo'lishi ham mumkin. 

Himoyachilardan Tohir SHamsiddinov “So'g'diyona” azosi hisoblanadi. U ham jamoasining Superligadagi hamma o'yinlarida ishtirok etib kelyapti. SHamsiddinov biroz vaqt futboldan chetlatildi, keyin yana qaytishga muvaffaq bo'ldi. Lekin bu o'yinchi yuqori darajaga chiqa olmadi. Sardor Rahmonov hatto “Lokomotiv”da to'p tepishga muvaffaq bo'lgandi. Biroq u ham o'zini to'liq namoyon eta olmadi. Sardor bugungi kunda o'zini tarbiyalagan klub “Mashal” tarkibida harakat qilyapti.

Bobur Yo'ldoshev ham yuqori cho'qqiga chiqa olmadi. O'tgan yilni “Loko”da boshlagan ushbu himoyachi keyinchalik “Neftchi”ga ijaraga berildi. Yil yakunida yana “Loko”ga qaytdi, biroq shu yozda “temiryo'lchilar” uni yana “Neftchi”ga berib yuborishdi. Maksimilian Fomin “Buxoro”da birmuncha yaxshi o'yin ko'rsatgandi, ammo keyinchalik Ummon chempionatiga yo'l olib hozir o'sha erda faoliyatini davom ettirmoqda. To'g'risi, u haqda juda kam malumotga egamiz. O'zbek futboli yulduzlaridan biri Temur Kapadzening ukasi Kamronbey ham negadir ko'rinmay qoldi. Unga qo'shilib Nodir Sanaqulov bilan Azamat Abdullaev ham Superliganing hech bir klubi ro'yxatidan o'tmagan. 


Yarim himoyachi Abbos Maxsitalievdan umid katta edi. Biroq u ham katta futbolda o'zini to'liq namoyon eta olmayapti. “Neftchi” safida maydonga tushayotgan futbolchi hozircha faqat bitta gol urdi. Vladimir Kozak haqida gapiradigan bo'lsak, bu o'yinchi bir necha bor jarohatlar iskanjasiga tushib qoldi. Lekin hozir ancha yaxshi va “Paxtakor”ning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Diyor Turopov Olmaliqdan Toshkentga kelgach, “Loko” tarkibida ozgina o'sishga erishdi. Lekin uni ham tez-tez jarohat qiynab qo'yyapti. 

Jaloliddin Masharipov keyinchalik ham o'zini ko'rsatishi mumkin, chunki unda salohiyat bor. Ammo Masharipov barcha o'yinlarda bir tekis ko'rinayotgani yo'q. Jamshid Iskanderov ham agar jarohat bezovta qilmaganida bemalol “Paxtakor” asosiy tarkibiga kirgan bo'lardi. SHota Arveladze kelganidan beri u ko'pincha zaxirada qolib ketyapti. Sardor Sobirxo'jaev haqida birmuncha iliq fikrlarni bildirsa bo'ladi. Uni Mirjalol Qosimov “Bunyodkor”ga qaytarib to'liq ishonch bildira boshladi. Natijada Sobirxo'jaev “qaldirg'ochlar”ning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Muhsin Ubaydullaev bugungi kunda “Qizilqum” azosi hisoblanadi va jamoa tarkibida eng yaxshi o'yin ko'rsatayotgan futbolchilardan biri. 

Hujumchilardan Abdulaziz Yusupov avvaliga “Neftchi”da edi, keyinchalik jamoasini o'zgartirib “Surxon”ga o'tib ketdi. Ko'pchilik bu futbolchini “Paxtakor” asosiy tarkibidan muqim joy oladi deb o'ylagandi, biroq amalda bunday bo'lmadi. Jasur Hakimov ham “Paxtakor” zaxirasida qolib ketayotgandi, “Qo'qon-1912”ga o'tgach birdaniga asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. U hozir yaxshi o'yin ko'rsatyapti. 

Igor Sergeevni ayovsiz tanqidlar “qurboni” bo'ldi deya olamiz. CHunki bu futbolchi o'tgan bir yarim yil ichida ancha “sinib” qoldi. Hatto biroz muddat BAA chempionatida o'ynab qaytgan bo'lsa-da, u erda ham o'zini ko'rsata olmadi. Natijada yana “Paxtakor”ga qaytib to'g'ri zaxiradan joy oldi. Va nihoyat, Zabixillo O'rinboevga kelsak, bu hujumchi “Metallurg” safida yomon ko'rinmayapti. Ammo u ham milliy terma jamoa darajasiga chiqa olmadi. Eng achinarlisi, Turkiyada o'ynab qaytgan o'sha tarkibdan birorta tuzuk legioner chiqmadi, bu esa hech bir futbolchining Evropaga tortmasligini bildiradi.

X.Xoliqov.

Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика