O'quvchilarimiz "Navbahor" tarixidagi eng yaxshi futbolchini aniqlashdi
27 fev 2016 18:50
Yangiliklar
O'quvchilarimiz "Navbahor" tarixidagi eng yaxshi futbolchini aniqlashdi
Bugun Namanganda "Navbahor" klubining O'zbekiston chempioni bo'lganiga 20 yil to'lishi munosabati bilan katta shou uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bugungi kun "lochinlar"ga bag'ishlanishi haqida kecha xabar bergandik. Biz saytimiz o'quvchilari yordamida "Navbahor"ning tarixidagi eng yaxshi futbolchisini aniqlashga qaror qildik.
O'quvchilarimiz Dmitriy Batinkovni ikkinchi, Zafar Musaboev va Saydullo Tursunovni uchinchi o'ringa loyiq ko'rishdi.
Vali Keldiev, Qahramon Abduqodirov, Dmitriy Bashkevich, Mustafo Bayramov, SHuhrat Mirxoldirshoev, Farhod Magometov, Gennadiy Denisov, Tohir Madrahimov, Usmon Asqaraliev, Rashid G'ofurov, Patrik Agbo, Abduqahhor Marufaliev kabi futbolchilar ham o'quvchilarimiz tomonidan tilga olindi.
So'rovnomada qatnashgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar