So’nggi yangiliklar

12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  0 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  0 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  2 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  5 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  7 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  9 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  3 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0

"Oqqushlar"dan "kaltak" egan "flamingo" va qo'shimcha daqiqalar qiroli "Arsenal". 22-tur sharhi Yangiliklar

"Oqqushlar"dan "kaltak" egan "flamingo" va qo'shimcha daqiqalar qiroli "Arsenal". 22-tur sharhi

Yakshanba kuni bo'lib o'tgan "CHelsi" hamda "Xall Siti" o'rtasidagi bahs Angliya Premer-ligasining 22-tur uchrashuvlariga yakun yasadi.

"Liverpul" hamda "Suonsi" o'rtasidagi o'yin ushbu tur o'yinlarini ochib berdi. Kutilmaganda "oqqushlar" mezbon jamoani 3:2 hisobida taslim etdi. Lorente (dubl) va Sigurdssonning gollari "Suonsi"ga g'alaba keltirdi. Firminoning 2 ta goli jamoasini mag'lubiyatdan qutqara olmadi.

"Kristal Pelas" o'z maydonida "Everton"ga yutqazib qo'ydi. Og'ir o'tgan bahsdagi yagona golga Koulman mualliflik qildi.

Autsayderlar safiga kiritilgan "Midlsbro" "Vest Xem" bilan kurash olib bordi. Kerroll (dubl) va Kalerining gollariga mezbonlar Stuanining yangona aniq zarbasi bilan javob bera olishdi.

"Manchester Yunayted" mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. Bu safar "Stok Siti"ga qarshi maydonga tushgan "qizil iblislar" 19-daqiqada gol o'tkazib yuborishdi, aniqrog'i Mata o'z hisobiga avtogol yozib qo'ydi. Bahsning so'nggi soniyalarida Ueyn Runi jarima zarbasidan gol urib, jamoasiga 1 ochko tuhfa qildi.


"Vest Bromvich" ortiqcha qiyinchiliklarsiz "Sanderlend"ni mag'lub etdi. 30 va 36-daqiqalarda Fletcher hamda Brant tomonidan kiritilgan gollar mezbonlarga ishonchli g'alabani taqdim etdi.

"Bornmut" va "Uotford" o'rtasidagi bahsda "olchalar" irodali durangga erishishdi. "Uotford" safida Kabasele va Troy Dini urgan gollarga King va Afobe javob bera olishdi.

SHanba kungi bahslarni "Manchester Siti" hamda "Tottenxem" o'rtasidagi bahs yakunlab berdi. "SHaharliklar" uchrashuvni juda yaxshi boshlashdi va ko'plab vaziyatlar yarata olishdi, ammo gol urishda muammolar paydo bo'ldi. Ikkinchi bo'limning ilk daqiqalarida Leroy Sane Lorisning xatosidan unumli foydalanib hisobni ochdi. Bir necha daqiqa o'tib De Bryuyne ham franciyalik posbonning qo'pol xatosini golga aylantirdi. Dele Alli va zaxiradan o'yinga qo'shilgan Son Xyon Min uchrashuv 2:2 hisobida yakunlanishini taminlashdi.

"Sautgempton" "Lester Siti"ni 3:0 hisobida taslim etdi. Bahsda Uord-Prouz, Rodriges va Tadichlar o'z hisobiga bittadan gol yozib qo'yishdi.

"Arsenal" o'z maydonida "Byornli"ni qabul qildi. Mustafi Ozilning uzatmasidan so'ng hisobni ochdi. 90-daqiqagacha hisob o'zgarmadi, ammo mehmonlar qo'shib berilgan daqiqalarda CHex darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lishdi. Hakam asosiy vaqtga 7-daqiqa qo'shib bergan edi. Aleksis Sanches so'nggi soniyalarda o'z jamoasi uchun penalti ishlab beradi va undan unumli foydalanib, "to'pchilar"ga uch ochko taqdim etadi.


"CHelsi" hamda "Xall Siti" uchrashuv kutilganidek "aristokratlar"ning g'alabasi bilan yakunlandi. Diego Kosta va Gari Kexillning gollari "CHelsi"ga taqibchilar bilan farqni yanada oshirishga imkon berdi.

"Eplmanager"da 22-turning eng yaxshi foydalanuvchisi:


Turning eng yaxshi futbolchilari:

1. Seamus Coleman (EVE) 13 points

2. Gary Cahill (CHE) 12 points

3. Roberto Firmino (LIV) 10 points

4. Fernando Llorente (SWA) 10 points

5. Kevin De Bruyne (MCI) 10 points

6. Andy Carroll(WHU) 10 points


Eng ko'p super-sardor sifatida tanlangan futbolchilar:

1. Alexis Sánchez

2. Zlatan Ibrahimovic

3. Eden Hazard

4. Diego Costa

5. Harry Kane

6. Romelu Lukaku

7. Philippe Coutinho

8. David de Gea

9. Adam Lallana

10. Salomón Rondón

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика