So’nggi yangiliklar

17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  0 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  0 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  3 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  4 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  2 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  10 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  6

O'qing, faqat kulmang Yangiliklar

O'qing, faqat kulmang

SHu kunlarda shunchalik dangasa bo'lib boryapmanki, uyqu o'rniga ham kompyuter klavishlarini kaltaklashdan bo'shamayapman.

Jurnalist maqtasa:

"Voy, manov laganbardorni berilib maqtashini qarang. Nimani qoyillatibdiki, og'zingdan tanobing qochib yuksaklarga ko'tarasan. Yonini olish ham evi bilan-da. Ko'zlaringni ishqalab, sinchiklab qara manovi dardisarlarga. Voy, asablarim... Do'xtirga borsam, kamida 5 millionlik dori yozib beradi. Xo'sh, buni pulini katta xolang to'laydimi?! Erishgan bo'lsa, bitta yutuqqa erishibdi. SHunga otago'ri qozixonami? Undan ko'ra tuzukroq narsa o'ylab topsang bo'lmaydimi? Senlar bularni taltaytirvorasan. Qarab tur, hali shunday kunlar keladi, meni aytdi deysan. Gaplaringni eshitib, esnoqlarim tutib ketyapti. Hoynahoy, kimgadir yaxshi ko'rinishni istayotgan bo'lsang kerak. Sendaqalar tez ko'tariladi..."

Jurnalist tanqid qilsa:

"Voy, og'zingdan laxta-laxta qoning kelgur, arpangni xom o'ribdimi, g'ayirlik qilasan. Gitler bilan Stalin ham bir-biriga bunchalik dushman bo'lmagan. Bularni shijoatini qara, shijoatini! Tuf, tuf, sendaqalarni ko'zi tegmasin! El qatori ishlasang o'lasanmi, yangiligingdan o'rgildim! O'zi hammasiga senlar aybdorsanlar, mag'lubiyatga uchrashimizgayam, GMning narxi oshishigayam, Orolni qurishigayam senlar aybdorsanlar. Qarab tur, hali shunday kunlar keladi, meni aytdi deysan. Sendaqa sho'rtumshuqlarni bitta qolmay yo'q qivorish kerak..."


Aytgancha, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yigitlari bilan deyarli bir haftan beri har kuni uchrashamiz. Bir-birimizga aka-ukadek bo'lib ketganmiz. Bir-birimizga hazil ham qilamiz. SHunchaki, hazil qilish mumkin bo'lgan mamlakatda hazilona lavhalar tayyorlayapmiz. Oldinda yozishim kerak bo'lgan bir qator intervyular, maqolalar, qiziqarli xabarlar turibdi. SHunchaki yana dangasaligim tutib qolyapti. Aytib bo'lmaydigan fikrlarni shaxsiy sahifam orqali berib borishga harakat qilaman. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика