So’nggi yangiliklar

08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  6 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  2 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  33 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  4 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  2 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  8 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  1 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  59 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  28 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4

"Oq-tepa"ning rekordi yoki "G'allakor-Avtomobilchi"ning antirekordi Yangiliklar

"Oq-tepa"ning rekordi yoki "G'allakor-Avtomobilchi"ning antirekordi

Kecha birinchi liganing ikkinchi bosqich, 2-tur o'yinlari poyoniga etdi.
Toshkentning "Oq-tepa" jamoasi o'z maydonida "G'allakor-Avtomobilchi"ni qabul qildi. Aytish lozimki shu kuni mezbonlar raqibini ortiqcha ayab o'tirmadi. Boshqacha aytganda toshkentliklar yaratilgan imkoniyatlarning deyarli barchasidan unumli foydalanib qolishga urindi. Moddiy jihatdan qiyinchiliklarga duch kelgan "G'allakor-Avtomobilchi" shu kuni o'z darvozasidan naqd 10ta (!) to'p o'tkazib yubordi. Birinchi bo'limning o'zida 4ta gol urgan "Oq-tepa" futbolchilari ikkinchi bo'limda ham sermahsul o'yin ko'rsatib, yana 6 bor raqib darvozabonini ranjitishga erishdi. Bu bilan Furqat Esonboev boshqaruvidagi "Oq-tepa" rekordni yangiladi. Yodingizda bo'lsa, joriy mavsumning birinchi bosqich doirasidan o'rina olgan "SHo'rtan"  "G'allakor-Avtomobilchi" bahsida g'uzorliklar raqib darvozasiga javobsiz 9ta to'p kiritishga erishgandi. SHundan buyon hech bir jamoa undan ortiq gol ura olmay kelayotgandi. Kecha poytaxt jamoasi 10ta to'p kiritib, ushbu rekordni yangilashga erishdi. Ko'ramiz keyinchalik bundan ham ortiq gol ura oladigan jamoalar topilarmikin.  

Darvoqe, payqagan bo'lsangiz "SHo'rtan"ning rekord qayd etishida ham aynan "G'allakor-Avtomobilchi" sabab bo'lgandi. G'uzordagi o'yinda 9ta gol o'tkazib yuborgan g'allaorolliklar kecha ushbu qora annasini davom ettirib, antirekordini yangiladi. Nahotki bu jamoaning himoya chizig'i shunchalik bo'sh o'ynayotgan bo'lsa. Yoki darvozaboni haqiqatdan ham kuchsizmi? Bilmadik...
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика