"Oq-tepa": Xislat Usmonov jarrohlik stoliga yotadi
11 dek 2013 11:17
Yangiliklar


"Oq-tepa": Xislat Usmonov jarrohlik stoliga yotadi
"Oq-tepa"ning iqtidorli yarim himoyachisi Xislat Usmonov jarrohlik stoliga yotadi.
Xislat ushbu mavsumning birinchi bosqich, 21-tur, “Istiqlol”ga qarshi uchrashuvda oyog'idan jarohat olgan edi. Bir nechta turni maydondan tashqarida o'tkazib yuborgan Usmonov mavsumning so'nggi turlari arafasida o'tkazilgan mashg'ulotlarning birida jarohatini yangilab oldi. SHundan so'ng malum muddat davolangan yarim himoyachi jarohatdan to'laligicha forig' bo'lish uchun jarrohlik stoliga yotadigan bo'ldi.
Operaciya shu hafta o'tkaziladi. Biz futbolchiga mazkur operaciyani muvaffaqiyatli o'tkazishini va yana maydonga qaytib, faoliyatini davom ettirishini tilab qolamiz!
Operaciya shu hafta o'tkaziladi. Biz futbolchiga mazkur operaciyani muvaffaqiyatli o'tkazishini va yana maydonga qaytib, faoliyatini davom ettirishini tilab qolamiz!

Fikrlar