"Oq-tepa": Qoidalar bo'yicha seminar o'tkazildi
26 mar 2015 17:02
Yangiliklar


"Oq-tepa": Qoidalar bo'yicha seminar o'tkazildi
Bugun FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev "Oq-tepa" azolari uchun o'yin qoidalari bo'yicha seminar o'tkazdi.
Farhod Alisherovich bir soatdan oshiqroq davom etgan seminarda uchrashuvlar vaqtida sodir bo'ladigan o'ndan oshiq vaziyatlarni videoroliklar orqali tahlil qilib berdi. Qolaversa, futbolchi va murabbiylarning savollariga javob qaytardi. Qisqasi, seminar "Oq-tepa" jamoasi azolari uchun anchagina foydali bo'ldi.

Fikrlar