So’nggi yangiliklar

07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  2 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  3 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2

"Oq-tepa". "Navro'z Kubogi" ham bizda! Yangiliklar

"Oq-tepa". "Navro'z Kubogi" ham bizda!

Toshkent shahar futbol federaciyasi shu yil hisobidan o'tkazayotgan turnirlarning ikkinchisida ham "Oq-tepa"ga teng keladigan raqib topilmadi.

Fevral oyida "Federaciya Kubogi"ni o'ziniki qilgan Yaroslav Krushelnickiy shogirdlari bugun "Navro'z Kubogi"ni ham qo'lga kiritdi. Finalga qadar raqiblarini yirik hisoblarda mag'lubiyatga uchratgan "Oq-tepa" hal qiluvchi bahsda ham o'z ananasiga sodiq qoldi. Bugun bo'lib o'tgan final "Bunyodkor" akademiyasining suniy qoplamali maydonida tashkil qilindi. Raqib mezbonlar - "Bunyodkor" tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoa bo'ldi. Bobur Zuhriddinov va Doniyor Usmonov murabbiyligidagi yosh "qaldirg'ochlar" ilk daqiqalardayoq o'z darvozasidan to'p olib chiqdi. Natijada bu futbolchilarning ruhiyatiga salbiy tasir qildimi, birinchi bo'limning o'zidayoq hisob 0:4 ko'rinishini olib ulgurdi. Tanaffusdan keyin maydon egalari harchand urinishmasin vaziyatni o'nglay olishmadi. SHu tariqa "Navro'z Kubogi" ham "Oq-tepa"ga nasib qildi.


"NAVRO'Z KUBOGI - 2017"

BUNYODKOR - OQ-TEPA - 0:4 (0:4)

17 aprel. "Bunyodkor-akademiyasi" maydoni.

Bosh hakam: Akobir SHukurullaev.

"Oq-tepa": Rustam Dadaboev (Mixail Kaplan), SHahboz Tojiev, Firdavs Kenjaev, Islomjon Ortiqov, Olmos Fayziev, Islomjon Yo'ldoshev (Zikrillo Omonov), SHohruh Gulmurodov (Abdulloh Zikrillaev), Izzatilla To'lqinov (Karen Abramov), Irisdavlat Hakimov, Abdulaziz Ashrafxonov (Temur Hakimov), Abduvohid Abdukarimov (Bekzod Idiev).

Gollar: Abdulaziz Ashrafxonov, Firdavs Kenjaev, SHohruh Gulmurodov, Abduvohid Abdukarimov.  


"Oq-tepa" FK matbuot xizmati


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика