"Oq-tepa": Kim qancha o'ynadi? Yarim himoyachilar
11 dek 2013 12:58
Yangiliklar


"Oq-tepa": Kim qancha o'ynadi? Yarim himoyachilar
Ushbu mavsum “Oq-tepa” safida 12 nafar yarim himoyachi ro'yxatdan o'tdi.
Yarim
himoyachilar safida faqatgina bir nafari umuman maydonga tushgani yo'q. Bu
mavsum arafasida “SHo'rtan”dan qabul qilingan G'ulom Rahmonovdir. Eng kam
harakat qilgan futbolchi Sardor Xurshidov. “Paxtakor” futbol akademiyasi
tarbiyalanuvchisi hisoblangan Xurshidov 8ta o'yinda maydonga tushib, 383
daqiqa to'p surdi.
Maydonda eng ko'p tushgan yarim himoyachilar Nikita
Pavlenko va Xushnud Mamatovdir. Ammo maydonda harakat qilgan daqiqalar
borasida jamoamiz sardori Zokir Mirzaahmedov ikkala futbolchini ham ortda
qoldirgan – 2919. Mirzaahmedov yarim himoyachilar orasida eng ko'p gol
urgan o'yinchi ham bo'l oldi – 9ta. 30 va undan ortiq o'yinlarda to'p surgan
futbolchilarimizning soni 6tani tashkil qildi.
Ismi-sharifi | O' | D | K | G |
Nikita Pavlenko | 36 | 2639 | 3 | 4 |
Xushnud Mamatov | 36 | 1707 | 1 | 4 |
Zokir Mirzaahmedov | 35 | 2919 | 7 | 9 |
Vadim Nichunaev | 32 | 2203 | 3/1 | 2 |
Azamat Mamajonov | 32 | 2221 | 4 | 1 |
Vadim Lyubinskiy | 30 | 2384 | 5 | - |
Xislat Usmonov | 26 | 1175 | 8 | 4 |
Bobur Abdurahmonov | 15 | 1334 | 2 | 1 |
Ildar Magdeev | 13 | 1005 | 2 | 3 |
Ilhom Rajabov | 9 | 108 | - | - |
Sardor Xurshidov | 8 | 383 | - | - |
G'ulom Rahmonov | - | - | - | - |

Fikrlar