"Oq-tepa": Kim qancha o'ynadi? Darvozabonlar
22 noy 2013 16:23
Yangiliklar

"Oq-tepa": Kim qancha o'ynadi? Darvozabonlar
Ushbu mavsum “Oq-tepa” darvozasini ikki posbon qo'riqladi.
Jamoamizning birinchi raqamli posboni tajribali Valeriy Karpenko o'ziga xos rekord o'rnatdi. U birinchi bosqichning barcha uchrashuvlarida maydonda to'liq harakat qildi. Qolaversa, O'zbekiston Kubogi bahsida ham darvozani qo'riqladi. Bosh murabbiy Aleksandr Tokov ikkinchi bosqichning dastlabki uch o'yinida ham Karpenkoga ishonch bildirdi. Faqatgina safarda “Xorazm”ga yirik 5:1 hisobida imkoniyat boy berilganidan so'nggina yarim mavsumdan ko'proq vaqtini zaxirada o'tkazib yuborgan Sarvar Xayriev katta sahnaga chiqdi.
SHu tariqa Valeriy Karpenko O'zbekiston Birinchiligi bahslarida 31 uchrashuvda maydonga tushgan bo'lsa, 6 o'yinda darvozani Sarvar Xayriev qo'riqladi. Ko'rsatkichlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, quyidagilarga guvoh bo'lamiz. Karpenko maydonga tushgan bellashuvlarda o'z darvozasidan 50ta to'p olib chiqdi. Xayriev esa, 8 bor jamoadoshlarini goldan qutqara olmadi.
Jamoamiz darvozasini Karpenko qo'riqlagan uchrashuvlarning 12tasida mag'lubiyatga uchragan bo'lsak, Xayrievda bu ko'rsatkich 3tani tashkil qildi. G'alabalar soni esa, quyidagicha ko'rinish oldi: 14-1. Valeriy maydonda jami 2790 daqiqa to'p surdi, Sarvar esa, 540 daqiqa harakat qildi. Ikkala darvozabon ham o'zlari maydonga tushgan uchrashuvlarda to'liq o'tkazishdi.
Karpenko mavsum davomida hakamlar tomonidan 7 marta sariq kartochka bilan jazolandi. Ikkinchi bosqichda kartochkalar soni 4taga etgani bois, bir o'yinni o'tkazib yuborishga ham ulgurdi. Xayriev esa, maydonga tushgan 6 uchrashuvning birortasida ogohlantirish olgani yo'q.
Darvozabonlarning ko'rsatkichlari
# Ismi-sharifi O' D G K
25 Valeriy Karpenko 31 2790 -50 7
16 Sarvar Xayriev 6 540 -8 -

Fikrlar