"Oq-tepa" jamoasi yopildi. Endilikda klub Pro ligada ishtirok etmaydi
09 iyu 2021 20:22
Yangiliklar
"Oq-tepa" jamoasi yopildi. Endilikda klub Pro ligada ishtirok etmaydi
"Oq-tepa" klubi rasman yopildi. Bu haqda jamoa murabbiyi Alisher SHog'ulomov saytimiz muxbiriga malum qildi.
Takidlanishicha, klub moliyaviy muammolar sabab yopilgan. "O'zPFL klub qarzdorlikni to'lash uchun yil oxiriga qadar muddat bermadi. Biz O'FAga xat chiqardik", — deya qo'shimcha qiladi Alisher SHog'ulomov.
Malum qilinishicha, Professional futbol ligasi jamoaning 10 nafar futbolchisi hamda bosh murabbiyini ro'yxatdan o'tkazmagan.
Malumot uchun, "Oq-tepa" klubi 13-turdan keyin 11 ta o'yin o'tkazib, unda 1 g'alaba, 4 durang hamda 6 mag'lubiyat qayd etgan. Jamoa hisobida 7 ochko mavjud bo'lib, klub 8-o'rinni egallagandi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Istiqlol" moliyaviy muammolar tufayli musobaqani davom ettira olmasliig haqida xabar berilgan edi.
Endilikda Pro ligada 8 ta jamoa ishtirok etadi.
Fikrlar