
Jasur Abduraimov murabbiylik qilayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi shu yilning sentyabr – oktyabr oylarida Shri Lanka davlatida tashkil qilinadigan Osiyo chempionati saralash o'yinlarida ishtirok etadi. Saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan terma jamoamiz 29 iyundan 7 iyulga qadar Toshkentda navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi. Jo'rabek Sobirov aynan shu yig'inga chaqiruv olgan.