"Oq-tepa": Futbolchilarimiz terma jamoalarda
06 okt 2015 12:49
Yangiliklar
"Oq-tepa": Futbolchilarimiz terma jamoalarda
Xususan, shu kunlarda Bangladeshda bo'lib turgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash o'yinlarida ishtirok etmoqda. Jasur Abduraimov murabbiyligidagi yoshlarimiz bugun guruhning so'nggi uchrashuvida mezbonlarga qarshi maydonga chiqadi. Biz uchun ahamiyatlisi, yoshlar termasi safida “Oq-tepa”ning iqtidorli himoyachisi Tursunboy Rahimberdiev ham bor.
Yanvar oyida Qatar poytaxti Doha shahrida tashkil qilinadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi shu hafta oxirida Toshkentda yig'in o'tkazadi. Viktor Jalilov murabbiyligidagi olimpiyachilarimizning uch kunlik yig'iniga “Oq-tepa” hujumchisi Temur Hakimov ham taklif etilgan.
Biz har ikkala futbolchimizning ham terma jamoalardagi faoliyatiga omad tilaymiz!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar