"Oq-tepa": 4 yanvar kuni "Lokomotiv" bilan o'ynaymiz
29 dek 2014 13:13
Yangiliklar


"Oq-tepa": 4 yanvar kuni "Lokomotiv" bilan o'ynaymiz
"Oq-tepa" yangi mavsumga tayyorgarlikni 2 yanvar kuni boshlaydi.
Rahbariyat va murabbiylar shtabi maslahatlashgan holda shu qarorga kelishdi. Futbolchilar 2 yanvar kuni tushda jamoa qarorgohida jam bo'lishadi. SHundan so'ng klub rahbariyati murabbiy va futbolchilar bilan uchrashib, kelasi mavsum rejalari bo'yicha suhbatlashib oladi. SHu kunning o'zidayoq birinchi mashg'ulot o'tkaziladi.
4 yanvar kuni "Oq-tepa" birinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib oliy liga vakili - "Lokomotiv". "Temiryo'lchilar"ga qarshi o'yin "Oq-tepa" stadionida soat 13:00da boshlanadi.
4 yanvar kuni "Oq-tepa" birinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib oliy liga vakili - "Lokomotiv". "Temiryo'lchilar"ga qarshi o'yin "Oq-tepa" stadionida soat 13:00da boshlanadi.

Fikrlar