“Oq bo'rilar”ning poytaxtdagi yig'ini boshlandi
26 jan 2014 17:12
Yangiliklar

“Oq bo'rilar”ning poytaxtdagi yig'ini boshlandi
Yangi mavsumga puxta hozirlik ko'rayotgan va joriy yilning o'zidayoq oliy ligaga qaytishni maqsad qilgan “Oq bo'rilar” jamoasi 25 yanvardan etiboran mashg'ulotlarni poytaxtda davom ettirishmoqda.
Bu Muxtor Qurbonov jamoasi uchun tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Bunga qadar “SHo'rtan” futbolchilari G'uzordagi o'z qarorgohlarida mashg'ulot o'tkazishdi. Endigi jarayonlar Toshkentga ko'chdi.
Jamoa 7 fevralga qadar tayyorgarlikni davom ettiradi. Bu orada “Paxtakor” (28 yanvar), “Buxoro” (30 yanvar), “Lokomotiv” (2 fevral), “Metallurg” (5 fevral) va “So'g'diyona” (7 fevral) kabi jamoalar bilan sinov-nazorat uchrashuvlari o'tkaziladi. SHundan so'ng, futbolchilarga qisqa muddatli dam beriladi. Keyingi bosqich mashg'ulotlar ham 11 fevraldan boshlab Toshkentda davom ettiriladi.
"SHo'rtan" klubi matbuot xizmati.

Fikrlar