So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  2 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  1 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  15 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

Onaxonning duosi... Yangiliklar

Onaxonning duosi...

Bugun to'rt kun davom etgan "Oltin Kuz" - 2016 festivalining yopilish marosimi bo'lib o'tdi.

Hozir yozayotganlarimni "post" shaklida ijtimoy tarmoqlardan biriga yozsam bo'lardi. Lekin, shu festivalni o'tkazishda yordam bergan barcha-barchani ko'plab o'quvchilariga saytimiz orqali bildirishni lozim topdim.


O'zbekiston milliy terma jamoasi? Bu mavzuni ancha bo'ldi chetga surib qo'yganimga. Men bot-bot aytaman, poydevorni yaxshilab o'rnatmas ekanmiz, birgina Odil Ahmedovga tayanib qolgan MTJ bilan uzoqqa bora olmaymiz. Poydevor yo'q ekan, qaydan chiqsin yangi Ahmedovlar-u, Geynrixlar... O'tmishning Qosimov-u, SHackixlari?

SHuning uchun biz birgalikda bolalar futbolini rivoji yo'lida hozirdan o'z dasturimiz asosida ish boshlashimiz kerak.

Odatda O'zbekistonda o'tkazilinadigan barcha musobaqalarda yo chepmion, yo kubok sohibi aniqlanadi. Evropa, Janubiy Amerika va Osiyoning aksar futboli rivojlangan davlatlarida biroz boshqacharoq. Ularda 12/14 yoshgacha har bir musobaqa festival ko'rinishida bo'ladi. Musobaqa davomida ota-onalar kim chempion, mening farzandimga ham medal bormi qabiladagi savollarni juda ko'p berdilar. Ularning bariga javobimiz bir bo'ldi, bu erda hamma chempion, bu erda hammaga oltin medal bor. Yakunda shunday bo'ldi ham. 


"Oltin Kuz" - 2016 joriy yil hisobidagi to'rtinchi festivalimiz bo'ldi. Sekin asta murabbiylar ham festival shaklidagi musobaqalarga ko'nika boshlashayapti. Faqat natijaga o'tib ketishayotgani biroz noto'g'ri bo'ldi. Oddiy o'yinda futbolchilarni so'kmaslik kerak. Bular endi 8 yoshga to'ldilar. Avval ularga futbol o'ynashni murabbiyni o'zi o'rgatishi lozim. Turnirga har kuni biron kishi mehmon bo'lib keldi. Ularning barchasi deyarli shu holatlarga etibor qaratishdi. 

"Yaponiyada bunday emas", - deb kulib qo'ydi Sato. 

SHu fursatdan foydalanib, turnirni yuqori saviyada o'tishiga o'zining munosib ulushlarini qo'shgan "Oreo", "Zizi", "Camera.uz" va "Start" savdo belgilariga samimiy o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ular bilan turnirning sifati oshdi, "MY5" kanalidan Dilshod Fayz va Asror Mansurovga katta rahmat! "Futbol20" arenasi boshqaruvchisi o'zimizning Hamdam akaga. Musobaqani hakamlar bilan taminlab bergan, SHuhrat Po'latov va turnirni boshidan oxirigacha yordam bergan Ilhom Yoqubbekovga.


Va so'nggi kun mehmoni sifatida turnirning taqdirlash marosimida ishtirok etgan Mirjalol Qosimov, SHuhrat Raxmonqulov hamda Baxtiyor Ashurmatovga rahmat!

Keyingi musobaqamizga ham oz qoldi. 15-16 oktyabr kunlari Namanganning To'raqo'rg'on tumanida "Kelajak Yulduzlari" musobaqamizning vodiydagi festivalini o'tkazamiz. To'raqo'rg'onda ko'rishguncha! 

Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика