So’nggi yangiliklar

13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  0 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  12 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  0 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  1 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  20 09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  5 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  2 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  3 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  2 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  3

Omadsiz yakun: Nima uchun futbolchilar "Arsenal”ni tekinga tark etadi? Yangiliklar

Omadsiz yakun: Nima uchun futbolchilar "Arsenal”ni tekinga tark etadi?

Aoron Remsi “Yuventus” uchun tibbiy ko'rikdan o'tib, yozda “Keksa Sinora” futbolchisiga aylanishidan xabaringiz bor.

Futbolga ixtisoslashgan nashrlarning yozishicha Londonliklar Remsi uchun “Yuve”dan hech vaqo olishmaydi. CHunki uelslik yozda erkin agentga aylanadi. Sifatli erkin agentlarni qo'shib olishda ustasi farang “Yuve” bu gal ham nishonni aniq urdi. Hozirda faoliyatining cho'qqisida turgan futbolchini shunchaki “rahmat” evaziga berib yuborish londonliklar rahbariyatini afsuslanishiga sabab bo'lar va balki aynan shundan keyin “Arsenal” o'z futbolchilari bilan shartnoma tuzishga o'zgacharoq tarzda yondashishiga umid o'yg'otadi. Odatda “Arsenal” yulduz futbolchilari bilan nimagadir shartnomani uzaytirishga shoshilmaydi va shuning natijasida pand eb qo'yadi. Quyida “Arsenal”ni aslidan ancha past narxga tark etgan futbolchilar haqida to'xtalamiz.

Aaron Remsi

Uelslik doimo iqtidorli futbolchilar qatorida sanalib kelgan. Bunday mehnatkash o'yinchilarga doimo xaridorlar topiladi. Jamoa bilan shartnomani uzaytirishni istamagan futbolchi bu mavsum kamdan-kam o'yinda boshlang'ich tarkibda maydonga tushsa-da, klubning eng yaxshi assistenti bo'lib turibdi. “Kanonirlar”ning bu mavsumdagi yagona yorqin g'alabasi — Tottenxem”ga qarshi bahsda ham aynan Remsi hisobni tenglashtirgan Obameyangning goliga pas bergan edi. Endi esa chiroyli gollarga ko'p mualliflik qiladigan bu futbolchi “Yuventus” markazini kuchaytirishga harakat qiladi.

Taqqoslash uchun, “Tottenxem”dan ketishi deyarli aniq bo'lgan Tobi Alderveyreld yaqinda jamoa bilan yangi shartnoma tuzdi. Ko'pchilik buni tushunmay qoldi. Ayrimlar esa nihoyat Tobi jamoada qoladigan bo'ldi deb o'ylayotgan paytda, ziyrak o'quvchilar bu shunchaki narxni oshirish uchun qilingan amaliy ish ekanligini tushunishdi. Endi belgiyalik jamoadan bemalol ketishi mumkin. Bundan “shporlar” xazinasi ham yaxshigina daromad bilan to'ladi. “Arsenal”da esa yonginasida joylashgan klub qilgan ishni qilish uchun doimo bir narsa etishmay qoladi. Bazi hollarda ular shartnomani uzaytirishni paysalga solishadi, bazi hollarda esa futbolchilarning o'zlari ochiqchasiga shartnoma tuzishni xohlashmaydi.

Aleksis Sanches

“Arsenal”ni ancha vaqt o'zining elkasida kutarib yurgan bu futbolchi ham sovrinlar umidida, ham katta maosh umidida jamoani tark etdi. Jamoa bilan bir yillik shartnomaga ega bo'lgan  bu futbolchini Arsenal yozgi transfer oynasi davrida sotmadi, bunga javoban chililik jamoa bilan shartnomasini uzaytirmadi. O'tgan mavsum boshida Sanches Arsenal uchun o'ynashni umuman xohlamayotgandek edi va ketish talabini ochiqchasiga  ilgari sura boshladi. Londonliklar mutasaddilari “qaysar” o'yinchidan qishdayoq qutulish eng to'g'ri qaror ekanligini anglab etdilar, chunki jamoa yozgacha kutganida jamoa etakchisi tekinga boshqa klubga borib qo'shilar edi va yanvarda esa Mxitaryan-Sanches rokirovkasi amalga oshdi.

Bu transferdan albatta iqtisodiy tomondan “Arsenal” yutqazdi. CHunki o'tgan mavsum Aleksisning narxi 60-70 million atrofida edi. Nachora, hech narsasiz qolishdan ko'ra 30 millionga baholangan Mxitaryan jamoa uchun afzalroq edi. Sanchesni aslidan arzonga olgan “MYU” tejalgan pul hisobidan uni APL dagi eng ko'p maosh oluvchi o'yinchiga aylantirdi.

Robin Van Persi

Yaqinda Xarri Keyn uchun “Real Madrid” 350 million evro taklif qilganini eshitdingiz-a. Aynan Keyn kabi o'yin ko'rsatgan (balki undan ham ziyodroq, chunki Robin nisbatan universalroq futbolchi edi, yagona minus jihat uning yoshi edi xolos) futbolchi uchun “MYU” atigi 20 million funt to'ladi. To'g'ri u paytdagi bilan hozirgi narxlar o'rtasida tafovut bor, lekin bu darajada katta emas. Transfermarkt.de nashri esa gollandni shartnoma muddatidan kelib chiqqan holda 50 million evroga baholagan edi.

Futbolchining bunday arzon narxlanishiga  sabab yana shartnoma edi. CHunki “Robin Gud” ning “Arsenal” bilan yarim yillik shartnomasi qolgandi xolos.O'sha mavsum Robin “Arsenal” uchun juda ko'p va muhim gollarni urdi. Jamoani deyarli bitta o'zi elkasida olib yurdi. Mavsum oxirida esa “Arsenal”ning 3-o'rinni olishini taminladi va “Oltin butsa”ni qo'lga kiritdi. U “Arsenal”da qirol edi va jamoa unga katta summa yozilgan shartnoma taklif qildi, lekin sovrin yutishga bo'lgan ehtiyoj barchasidan ustunlik qildi.

Terri Anri

Terri Anri “Arsenal”ning afsonasi. SHuningdek u klubdan ketgach, faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirgan kamdan-kam “kanonirlar”dan biri. “Barselona”ga yutqazilgan finaldan so'ng, Anrining klubdan ketishi mumkinligi to'g'risidagi mish-mishlar avj oladi. Boisi shundaki, Ispaniyaning ikki grand jamoasi unga naqd 50 million funt taklif qilgan va bu o'sha paytda rekord summa hisoblangan. Mish-mishlarga qaramay, Anri “Arsenal” bilan to'rt yillik shartnoma imzolaydi va hammani xotirjam qiladi. Keyingi mavsumning birinchi qismini ajoyib tarzda o'tkazayotgan forvard negadir ketma-ket jarohatlar sabab mavsumning ikkinchi qismida deyarli ko'rinmaydi. Jamoa esa APLda chempionlik poygasidan chiqib ketadi.

ECHlda esa kamtargina “PSV Eyndhoven” oldida ojiz qoladi. Bularning hammasi, albatta, “qirol”ni charchatdi va u ketishga qaror qildi. “Arsenal” esa jamoa sardorining ko'p yillik mehnatlari evaziga unga rad javobini bera olmaydi va u bilan 21,6 million funt evaziga xayrlashadi. O'sha paytda Transfermarkt.de uni 41 million atrofida baholagan. Tabiiyki, “Arsenal” bu erda ham yutqazadi. Boisi keyingi mavsumlarda Anri “Barselona”ning barcha sovrinlarni qo'lga kiritishida etarlicha hissa qo'shgan edi.

Aleksandr Song

Bu futbolchini hozir ko'pchilik eslolmasa ham kerak. CHunki u “Arsenal”dan tashqari boshqa hech qaysi erda o'zini ko'rsata olmadi. Lekin “Barsa” 2012 yil 17 million funtni kimga sarflayotganini yaxshi bilardi. Angliya Primer Ligasining 2011/12 yilgi mavsumini kuzatgan muxlislar ham mazkur tayanch yarim himoyachining qanday o'ynaganini yaxshi biladi. Song “Arsenal”da bosqichma-bosqich o'sdi. Jamoani Fabregas va Nasri kabi etakchilar tark etganida, Song hamma ishni o'z qo'liga ola bildi. O'sha mavsum u Van Persi bilan birgalikda jamoani “sudradi”, u gollandga ajoyib paslar berib tayanch zonasini butunlay egalladi. 

Lekin bu transferning amalga oshishida aynan Van Persining “Manchester Yunayted” safini to'ldirgani hal qiluvchi rol o'ynadi. Gollandning ketishidan keyin Song “Arsenal”ning titullarga davogarlik qilish rejasi yo'qligini tushundi va ketishga qaror qildi. O'tkazilgan fantastik mavsumdan keyin uning narxi mutaxasislar tomonidan 30 million atrofida baholandi. Arsenal futbolchilari uchun tayyor xaridorga aylangan “Barsa” esa uni bor-yo'g'i 17 million evaziga o'ziga qo'shib oldi va uning tovon pulini 80 million etib belgiladi. Uning “Arsenal” bilan tuzgan shartnomasining oxiri ko'rinib qolgan edi va Londonliklar uni arzonga berishdan o'zga chora topa olishmadi.

Bakari Sanya va Gael Klishi

Mazkur ikki nafar qanot himoyachilari turli yillarda “Arsenal”dan “Manchester Siti”ga o'tishdi va “kanonir”lar mulislari nafratiga duchor bo'lishdi. Klishi aynan sovrinlar va katta maosh sabab “shaharliklar” tarkibini to'ldirgan bo'lsa, Sanya shunchaki shartnoma muddati tugaganligi sabab “Siti”ga tekinga o'tib keta qoldi. Klishining transferida uning summasi aniq ko'rsatilmagan, lekin norasmiy manbalarda takidlanishicha “Arsenal” uning transferidan bor yo'g'i 7 milliongina olgan. O'sha yilllari arab shayxlari Manchesterliklar boshqaruviga endigina kelgan va sifatli futbolchilarni o'zlariga qo'shib olayotgan bo'lganliklarini hisobga olsak, Klishi ularga suv tekinga tushganligini anglash qiyin emas edi.


Sanya esa jamoa uchun eng kerakli vaziyatda londonliklardan katta miqdorda maosh talab qildi. Uning talabi rahbariyat tomonidan qondirilmagach, u shartnomani uzaytirishdan bosh tortadi va erkin agentga aylanib yozda “Siti” tarkibiga qo'shiladi. Bu transferda “to'pchilar” rahbariyatining ham aybi bor, chunki ular shartnomani uzaytirish ishlarini oldinroq boshlashni paysalga solganliklari oqibatida ularni o'zining hech vaqosiz qolishlariga sabab bo'ldi. Jamoa mulislari Sanyaning ajoyib golli paslarini va uning ketishini tezda unutishdi, sababi aynan fransuzning jamoadan ketishi yosh ektor Beleringa imkoniyat berdi va natijada yosh bo'lishiga qaramay ispaniyalik futbolchi jamoa uchun muhim futbolchiga aylandi.

Sesk Fabregas

Sesk doim o'zining “Barselona”ga qaytishini sovrinlar uchun emas, balki uyni sog'inishi bilan izohlaydi. O'sha paytlar navbatdagi transfer oynasi ochilishi bilanoq Fabregasni “Barselona”ga ehtimoliy transferi kun tartibiga chiqar edi. Fransesk esa har gal o'zini xotirjam tutar va London klubiga sadoqatini izhor etishdan charchamas edi. Boisi u londonda har tomonlama “qirol” edi. Sardorlik bog'ichi, chiroyli gollar, muxlislar mehri… hamma-hammasi uni qanoatlantirar edi. Lekin bu transfer bombasi 2011-yil yoziga kelib portladi. Kataloniyaliklar “Arsenal”ning “yurag”i uchun 31 million funt berishadi. Vaholankib o'sha paytlar Fabregasning narxi 60-70 milliondan kam emas edi.

Yaqinda Filipe Koutinyoning “Barsa” ga o'tishi 150 million evro evaziga sodir bo'lganini hisobga olsak, kataloniyaliklar bu transferdan qancha katta summa tejaganliklari oydinlashadi. Ha bu safar ham “Arsenal” rahbariyati futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamaganliklari sababli suvga tushgan bo'lkaday shishib qolishadi.


Mamurjon Ibragimov tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика