So’nggi yangiliklar

10:14ЎФА Тартиб-интизом қўмитаси 34 нафар мураббий ва футболчини четлаштириш бўйича қарор қабул қилди. Яна 53 та жарима интизом чораси ҳам қўлланилди  0 10:03Ўзбекистон ўсмирлари Франция ва Венгрияга қарши иккитадан ўйин ўтказади  1 09:48Давид де Хеа қайси чемпионатга ўтаётгани маълум  1 09:20Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги дебюти қачон бўлиши маълум  2 08:51«Барселона» Ольмо трансфери бўйича сўнгги таклифини юборди  5 08:23«Атлетико» ва «Челси» Галлаҳер трансфери борасида келишувга эришишди  1 07:50Суперлига қайтмоқда. Бугун иккинчи даврага старт берилади  2 07:00Бугун Баҳодир, Ҳасанбой ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади  12 01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  3 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  7 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  8 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  2 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  1 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  2 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  3

Omadsiz seriyaga barham beramizmi yoxud Janubiy Koreya termasi haqida Yangiliklar

Omadsiz seriyaga barham beramizmi yoxud Janubiy Koreya termasi haqida

Milliy terma jamoamiz Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Yaqindagina Osiyo Kubogida bizni musobaqadan chiqarib yuborgan jamoa bilan bellashuv biz uchun foydali bo'lishiga shubha yo'q. CHunki raqib tarkibida tobora saviyasini o'stirib borayotgan futbolchilar etarlicha topiladi. Har doimgidek mazkur uchrashuv arafasida bazi malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Janubiy Koreyada futbol associaciyasi 1933 yilda tashkil etilgan bo'lsa-da, FIFA va OFK azoligiga ular ancha yillar o'tib kirishgan. Hozirgi paytda mamlakatda futbol bilan muntazam shug'ullanuvchilar soni bir milliondan ortiq. Futbolchi sifatida ro'yxatga olingan insonlar soni 31127 nafarni tashkil qiladi. Associaciya tomonidan rasman 100 futbol klubi ro'yxatdan o'tkazilgan. Futbol mavsumi bahorda boshlanib, kuzda nihoyasiga etadi.



Koreyada universitetlar o'rtasidagi chempionatlarda ham o'ta iqtidorli futbolchilar to'p tepishadi. Ushbu ligadan chiqqan aksariyat o'yinchilar keyinchalik milliy terma jamoa sharafini himoya qilishga ham erishishgan. Bu esa futbol sohasida koreyslarning o'ta professional saviyaga chiqqanini ko'rsatib turibdi.

JANUBIY KOREYA TERMA JAMOASI
Laqabi:
"Tegu jangchilari"
Bosh murabbiyi: Uli SHtilike (Germaniya)
Sardori: Ki Sun Yun
Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Xon Myun Bo (136)
To'purari: CHa Bum Kun (55)
FIFA reytingidagi o'rni: 56
Birinchi rasmiy o'yini: Gonkong - 5:1 (Gonkong, 1948 yil 6 iyun)
Eng yirik g'alabasi: Nepal - 16:0 (Inchon, Koreya, 2003 yil 29 sentyabr)
Eng yirik mag'lubiyati: SHveciya - 0:12 (London, Angliya, 1948 yil 5 avgust)

Janubiy Koreyada oxirgi yillarda futbolga katta etibor qaratilmoqda. Ular dastlab milliy liga hisoblangan K ligani tashkil qilib, shu asosda klublar, futbolchilar va murabbiylar mahoratini o'stirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqishdi. O'z-o'zidan bu mamlakatda futbol va terma jamoalarning o'sishiga xizmat qildi. Bunda 2002 yil Koreyada bo'lib o'tgan jahon chempionatining hissasi ham katta bo'ldi. Millionlar o'yinining ommaviyligi keskin darajada ortib, futbolchilar yangi saviyaga ko'tarilishlari mumkinligini bevosita his qilishdi. Yoshlar bilan ishlashga chet eldan malakali mutaxassislar chaqirildi. Ular mahalliy murabbiylar saviyasini o'stirishga yordam berishdi.



15 yillar avval bu harakatlarning samarasi dastlab 2002 yilgi mundialda ko'zga tashlandi. Keyinchalik koreys futbolchilarining Evropa klublarida o'ynashi odatiy holga aylandi. Hozirgi paytning o'zida o'nga yaqin futbolchilar kuchli beshlik chempionatlarida to'p tepishyapti.
Terma jamoada avlodlar almashinuvi ro'y berayotgan bo'lishiga qaramay, Koreya o'yini va natijalarida pasayish ko'zga tashlanmayapti. Bu esa futbol tizimi, terma jamoalarga futbolchi etishtirib berish to'g'ri yo'lga qo'yilganini isbotlaydi.

Oxirgi ikki yirik musobaqada koreyslar bizni dog'da qoldirishdi. Jahon chempionati saralash bosqichi va Osiyo Kubogi chorak finalidagi mag'lubiyatlar tufayli mundial va musobaqa yarim finalidan chetda qoldik. Balki, o'rtoqlik bahsida ushbu jamoani mag'lub etishning uddasidan chiqarmiz. Hozircha bu ishni 21 yildan beri uddalay olmayapmiz.

JANUBIY KOREYA FUTBOL ASSOCIACIYASI
Tashkil topgan yili
: 1933
FIFA azosi: 1948
OFK azosi: 1954
Prezidenti: CHo CHun Yun
Rasmiy sayti: www.kfa.or.kr
Futbol bilan shug'ullanuvchilar soni: 1094227
Ro'yxatdan o'tgan futbolchilar soni: 31127
Klublari soni: 100
Futbol rasmiylari soni: 4648

JANUBIY KOREYA RESPUBLIKASI
Rasmiy nomi:
Dayxanminguk
Poytaxti: Seul
Hududi: 99313 kv.km.
Aholisi: 50 mln
Valyutasi: von
Internet domeni: .kr



Bosh murabbiy germaniyalik afsonaviy futbolchi va murabbiy Uli SHtilikedir. U futbolchi faoliyatida “Borussiya” M va “Real” Madridda o'zini ko'rsatgan. Germaniya va Ispaniyada qatorasiga 6 marta milliy chempionatda zafar quchgan. 2 bor UEFA Kubogini va 1980 yil terma jamoa bilan Evropa chempionligini qo'lga kiritgan. 1982 yil jahon chempionati finalida uning termasi finalda Italiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. Koreya terma jamoasini yozdan buyon boshqarib kelmoqda.

Ulrix SHTILIKE
Tug'ilgan sanasi:
15.11.1954
Tug'ilgan joyi: Ketsh, Germaniya
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1972–1977 “Borussiya” M 109 (12), 1977–1985 “Real” Madrid 215 (41), 1985–1988 “Ksamaks” 66 (0).
Germaniya terma jamoasida 1975–1984 yillarda 42 o'yinda 3 to'p kiritgan.



Boshqargan jamoalari: 1989–1991 SHveycariya terma jamoasi, 1992–1994 “Ksamaks”, 1994–1995 “Manxeym”, 1996 “Almeriya”, 1998–2000 Germaniya terma jamoasida maslahatchi, 2000–2006 Germany (U19 / U20 / U21), 2006–2008 Kotd Ivuar terma jamoasi, 2008 “Son”, 2008–2010 “Al Arabi”, 2010–2012 “Al Sailiya”, 2013–2014 “Al Arabi”, 2014 yilning yozidan Janubiy Koreya terma jamoasida.
Sovrinlari: Germaniya chempioni - 1975, 1976, 1977, Germaniya Kubogi sohibi – 1973, UEFA Kubogi sohibi – 1975, 1985, Ispaniya chempioni - 1978, 1979, 1980, Ispaniya Kubogi sohibi - 1980, 1982, SHveycariya chempioni - 1987, 1988, Evropa chempioni – 1980, jahon chempionati kumush medali sohibi – 1982.

Uli SHtilike O'zbekiston va Yangi Zelandiyaga qarshi o'tadigan uchrashuvlar uchun quyidagi futbolchilarni chaqirgan.

Darvozabonlar:
Kim Jin Xyon ("Serezo Osaka", Yaponiya), Kim Seung Gyu ("Ulsan Xyonde").
Himoyachilar: Jang Xyon Su ("Gvanchjou Buri", Xitoy), Kim CHang Su ("Kashiva Reysol", Yaponiya), Kim Yong Gvon ("Gvanchjou Xongda", Xitoy), Kvak Tay Xvi ("Al-Hilol", Saudiya Arabistoni), Kim Jin Su ("Xoffenxaym", Germaniya), Yun Sok Yong ("KPR", Angliya), Kim Ju Yong ("SHanxay", Xitoy), Kim Ki Xi ("CHonbuk"), CHa Du Ri ("FK Seul").
Yarim himoyachilar: Ki Song Yong ("Suonsi", Angliya), Ku Ja CHol, Park Ju Xo (ikkalasi "Maync", Germaniya), Kim Bo Kyong ("Uigan Atletik", Angliya), Xan Kuk Yong ("Qatar SK", Qatar), Nam Tay Xi ("Laxviya", Qatar), Xan Kyo Von, Li Je Song (ikkalasi "CHonbuk"), Kim Un Son ("Suvon").
Xujumchilar: Ji Dong Von ("Augsburg", Germaniya), Li Jong Xyob ("Sangju Sangmu"), Son Xyun Min ("Bayer", Germaniya).

O'yin Tedjon shahridagi “Tedjon” stadionida bo'lib o'tadi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика