So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  1 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  4 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  92 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

“Oltin to'p”ning “bo'lajak” egalari kechikmoqda Yangiliklar

“Oltin to'p”ning “bo'lajak” egalari kechikmoqda

So'nggi yillarda "Oltin to'p"ni faqat Messi yoki Ronaldu qo'lga kiritmoqda.

Neymar
Ro'yxatimizni Neymardan boshladik. CHunki, bugungi o'yinchilar ichida ushbu sovringa eng ko'p haqlisi ham aynan u. Ko'pchilik Messi va Ronaldudan keyin “Neymarning davri” keladi degan gaplarni aytadi. Biroq, u yuqoridagi afsonaviy futbolchilar kabi uzoq vaqtgacha mavqeini saqlab qola olarmikan?  

PSJ hujumchisi hozir 26, Ronaldu 33, Messi esa 31 yoshda. Krishtianu ketganidan so'ng, Leo jahon futbolini o'z nazoratiga oladi. Ammo, bunga bir o'zining kuchi etarmikan?! Agar buning uddasidan chiqolmasa, u holda Neymar “Oltin to'p”ga asosiy davogar bo'loladi. Ammo o'sha kunlar kelguncha, u 28-29 yosh bo'lsa kerak.

Neymar mukofotni qo'lga kiritishga biroz kech qolyapti. Buni tan olish kerak! Hozir uning imkoniyatlari ancha yuqori, lekin braziliyalik bundan to'g'ri foydalana olmayapti. “Oltin to'p-2018” sovrini unga nasib qilishi qiyin masala. CHunki u Franciya CHempionatida ham, CHempionlar Ligasida ham mag'lubiyatga uchradi. Neymar hali Messi, Ronaldu, van Bastendek o'yinchi bo'lishiga ancha vaqt kerak. Bundan tashqari, u o'z ustida tinimsiz ishlashi, imkoniyatlaridan to'g'ri foydalanishni o'rganishi zarur.


Garet Beyl
Beyl 100 million evro evaziga “Tottenxem” klubidan “Real”ga o'tganida, juda katta shov-shuv bo'lgandi. O'sha paytlarda ko'pchilik jamoaning yangi etakchisi Beyl bo'lishiga va hattoki, Ronalduning o'rnini bosa olishiga ishongan edi. Ammo, ko'rib turganingizdek unday bo'lmadi.  

Avvaliga, Beyl haqiqatdan ham kutilgan natijaga erisha oldi. Biroq, ozgina vaqtdan so'ng, u portugaliyalikka engildi. To'g'ri, Garet juda iqtidorli o'yinchi edi. SHunchaki, u ortda qolib ketishiga ko'p jarohat olgani sabab bo'ldi va aynan shu holatllar u Madrid klubida o'zini to'liq ochib berishi, yaxshi harakatlanishiga to'sqinlik qildi. Ha, to'rt mavsum davomida Beyl “Real” bilan bir nechta sovrinlarni qo'lga kiritdi. U 1 martta Ispaniya CHempionati va 3 bora CHempionlar Ligasida g'alaba qozongan bo'lsada, “Oltin to'p” baribir Ronalduga nasib etgandi.    

Garet hozir 28 yosh va Neymarga qaraganda uning imkoniyati ancha kamroq. Kelgusida “Oltin to'p”ga erisha olarmikan? Bir narsa deyish qiyin.



Eden Azar
Azar — ajoyib texnika ega, to'pni yaxshi boshqarib, chiroyli va aniq zarba bera oladigan futbolchi. “CHelsi” muxlislarining asosiy quvonchi bo'lmish 27 yoshli Eden Azar ham ro'yxatimizga qo'shildi. Ko'pchilik uni “Oltin to'p”ga loyiq deb bilsa ham, tan olish kerak, belgiyalik Neymarga qaraganda kuchsizroq futbolchi hisoblanadi. Agar Eden “Barselona” yoki “Real” klubida faoliyat yuritganida, u hozir sayyoramizning eng kuchli uchinchi o'yinchisi bo'larmidi?!


Luka Modrich
Luka aslida ajoyib o'yinchi. Agar yosh va raqiblar halal bermaganida, u allaqachon bu sovrinni qo'lga kiritgan bo'lardi. 31 yoshli Modrich sayyoramizning eng yaxshi o'yinchilaridan biri deb topilgan. Aks holda, u hozir “Real” tarkibida faoliyat yuritmasdi. Ronaldu beshinchi “Oltin to'p”ni yutganida, Luka 5-o'rinni egallagandi. Leo va Krishtianu davri tugaganida, Modrich 33-34 yoshni qarshilagan bo'ladi va o'sha payt mukofotni yutishiga hech qanday umid qilmasligi ham mumkin.

Luka markaz va hujum orlig'ida o'ynaydi. U ajoyib yarim himoyachi bo'lishiga qaramay, hali sovrinni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgani yo'q. Xavi va Inesta ham buning uddasidan chiqolmagan. Ko'ramiz, xorvatiyalik buni eplay olarmikan?! Buyog'ini endi vaqt ko'rsatadi.


Radamel Falkao
Radamel Falkao 425 o'yinda 254ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Uning kiritgan golari Suares, Levandovski, Ronaldunikidan yomon emas. SHunchaki, u ham ko'pchilik futbolchilar kabi jarohatlanib, uzoq tanaffus elon qilishga majbur bo'lgan. Agar hammasi aksincha bo'lganida, ehtimol hozir “Oltin to'p” uning sovrinlari qatorida bo'larmidi?!
Falkao qachonlardir “Atletiko” klubining “ishogan tog'i” edi. U hozir “Monako”da faoliyat yuritmoqda. U yomon o'yinchi desak yolg'on gapirgan bo'lamiz. Lekin oqsayotgani, avvalgidek o'ynay olmayapgani aniq.

32 yoshli Falkao endi “Oltin to'p” uchun harakat qilayotgani ham, sovrin uchun qayg'urayotgani ham yo'q. Kolumbiyalikning orzusi Rossiya mundialida ishtirok etib, unda g'olib bo'lish, xolos.


sports.ru saytidan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика