"Oltin butsa" uchun kurash: Evropaning eng ko'p gol urgan futbolchilari
20 dek 2013 17:00
Yangiliklar

"Oltin butsa" uchun kurash: Evropaning eng ko'p gol urgan futbolchilari
Bir haftadan so'ng Ko'hna qitaning deyarli barcha milliy chempionatlari Yangi yil tatiliga chiqib ketishadi.
sport-express.ru sayti vakillari 2013/14 yilgi mavsumda "Oltin butsa" uchun kurashayotgan futbolchilarni bir erga yig'ib chiqishdi.
"Oltin butsa" 1968 yildan buyon Franciyaning L’Equipe gazetasi va "Adidas" kompaniyasi tomonidan Evropada eng ko'p gol urgan futbolchiga topshirilib kelinmoqda.
Oxirgi yillarda turli chempionatlarda urilgan gollarni ochkolarga aylantirish yo'lga qo'yildi.
Evropaning eng kuchli 5ta chempionatida urilgan har bir gol uchun 2 ochko, koefficientlar jadvalida 6-21-o'rinlardagi chempionatlarda urilgan har bir gol uchun – 1,5 ochko, qolgan chempionatlardagi gol uchun esa – 1 ochkodan beriladi.
O'tgan mavsumda 46ta gol urgan "Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Oltin butsa"ning amaldagi sohibi hisoblanadi.
Portugaliyalik futbolchi "Oltin butsa"ni ikki bor qo'lga kiritgan: 2007/08 yilgi mavsumda 31ta gol urgan va 2010/11 yilda esa 40ta gol urdi. Bu mavsumda Krishtianu Ronaldu 15ta o'yinda 17ta to'p kiritdi.
Urugvaylik futbolchi fantastik statistikaga ega: Angliya chempionatining dastlabki 5ta turida Suares diskvalifikaciya maydonga tusha olmadi. Ammo shundan so'ng bo'lib o'tgan 11ta o'yinda 17ta gol urdi (har bir o'yinda o'rtacha 1,55ta gol!). Qiziqarli fakt: premer-liganing 10ta klubi urugvaylik hujumchidan kamroq gol urishgan. Ispaniyada 7ta klub Krishtianu Ronaldu va Diego Kostadan (ular hisobida 17tadan gol bor) kam gol urgan.
Ispaniya terma jamoasining yangi azosi 17ta golni 16ta uchrashuvda urishga muvaffaq bo'ldi. Bu yil Diego Kosta o'zining to'purarlik rekordini yangilab bo'ldi: u oldin hech qachon bir mavsumda 10tadan ko'p gol urmagandi.
Parij klubining shveciyalik hujumchisi ham o'zining rekordini yangilashi mumkin: Ibragimovich 17ta o'yinda 14ta gol urdi, chempionatning qolgan 20ta bahsida 17ta gol ursa o'zining oldingi rekordini yangilaydi. Ibraning shaxsiy rekordi 30ta golga teng.
Litvalik 26 yoshli futbolchi bu ro'yxatda sekin asta tushib boraveradi: Bu chempionatda bahor-kuz tizimida bo'lib o'tadi, Valskis barcha o'yinlarni o'tkazib bo'ldi. Yana bir fakt: 2013 yilgi mavsumda Neriyus o'zining oldingi shaxsiy rekordini (8ta gol) yangiladi.
O'tgan mavsumda argentinalik futbolchi premer-ligada atiga 12ta gol urgandi. Bu mavsumda esa 15ta o'yinidan so'ng bu raqam 13taga etib ulgurdi.
Italiyalik forvard Ispaniyaning "Vilyarreal" klubida o'zini yorqin namoyish etdi, ammo oxirgi ikki yilda olgan og'ir jarohati tufayli aytarli o'ynay olmadi. Bu mavsumda esa 13ta gol bilan Italiya A seriyasining ayni paytdagi to'purari bo'lib turibdi.
O'tgan mavsum Italiya A seriyasining eng yaxshi to'purari (34ta o'yinda 29ta gol) bu yil "PSJ"da Zlatan Ibragimovich bilan birga tandem bo'lmoqda. Urugvaylik futbolchi hozircha biroz kamroq gol urmoqda: 2012/13 yilgi mavsumda 14ta o'yinda 12ta gol urgan bo'lsa, bu yil shuncha gol urish uchun 17ta o'yin talab etildi.
"Xerenven" va Islandiya terma jamoasining 24 yoshli hujumchisi Alfred Finnbogason Evropaning bir qator grandlari nazariga tushib bo'ldi: uning Gollandiya chempionati startidagi ajoyib sermahsulligi (7ta o'yinda 10ta to'p) beiz ketgani yo'q.
Bahor-kuz tizimida o'tadigan chempionatning yana bir vakili: 39 yoshli norvegiyalik futbolchi Norvegiyaning barcha 30ta o'yinida 16ta gol urdi: u xet-trik, dubl va 11 marta o'yinni bitta gol bilan tark etdi.
Rossiya premer-ligasining eng yaxshi to'purari umumiy ro'yxatda - 38-pog'onada joylashgan. Bunga sabab Rossiyaning koefficienti 1,5ga tenglida. Premer-liga UEFA reytingining kuchli beshligida bo'lganida Movsisyan kuchli o'nlikda bo'lardi.
"Rostov" hujumchisi esa avvalgi rekordini yangilab bo'ldi: Dzyubaning oldingi rekordi 2011/12 yilgi mavsumda qayd etilgandi - 11ta gol. O'sha mavsumda futbolchi bir mavsumda 41ta o'yinda ishtirok etgandi.

1-o'rin – KRISHTIANU RONALDU ("REAL" M) – 17 GOL (34 OCHKO: 17x2)
Portugaliyalik futbolchi "Oltin butsa"ni ikki bor qo'lga kiritgan: 2007/08 yilgi mavsumda 31ta gol urgan va 2010/11 yilda esa 40ta gol urdi. Bu mavsumda Krishtianu Ronaldu 15ta o'yinda 17ta to'p kiritdi.
2-o'rin – LUIS SUARES ("LIVERPUL") – 17 GOL (34 OCHKO: 17x2)
Urugvaylik futbolchi fantastik statistikaga ega: Angliya chempionatining dastlabki 5ta turida Suares diskvalifikaciya maydonga tusha olmadi. Ammo shundan so'ng bo'lib o'tgan 11ta o'yinda 17ta gol urdi (har bir o'yinda o'rtacha 1,55ta gol!). Qiziqarli fakt: premer-liganing 10ta klubi urugvaylik hujumchidan kamroq gol urishgan. Ispaniyada 7ta klub Krishtianu Ronaldu va Diego Kostadan (ular hisobida 17tadan gol bor) kam gol urgan.
3-o'rin – DIEGO KOSTA ("ATLETIKO") – 17 GOL (34 OCHKO: 17x2)
Ispaniya terma jamoasining yangi azosi 17ta golni 16ta uchrashuvda urishga muvaffaq bo'ldi. Bu yil Diego Kosta o'zining to'purarlik rekordini yangilab bo'ldi: u oldin hech qachon bir mavsumda 10tadan ko'p gol urmagandi.
4-o'rin – ZLATAN IBRAGIMOVICH ("PSJ") – 14 GOL (28 OCHK: 14x2)
Parij klubining shveciyalik hujumchisi ham o'zining rekordini yangilashi mumkin: Ibragimovich 17ta o'yinda 14ta gol urdi, chempionatning qolgan 20ta bahsida 17ta gol ursa o'zining oldingi rekordini yangilaydi. Ibraning shaxsiy rekordi 30ta golga teng.
5-o'rin – NERIYUS VALSKIS ("SUDUVA") – 27 GOL (27 OCHKO: 27x1)
Litvalik 26 yoshli futbolchi bu ro'yxatda sekin asta tushib boraveradi: Bu chempionatda bahor-kuz tizimida bo'lib o'tadi, Valskis barcha o'yinlarni o'tkazib bo'ldi. Yana bir fakt: 2013 yilgi mavsumda Neriyus o'zining oldingi shaxsiy rekordini (8ta gol) yangiladi.
6-o'rin – SERXIO AGUERO ("MANCHESTER SITI") – 13 GOL (26 OCHKO: 13x2)
O'tgan mavsumda argentinalik futbolchi premer-ligada atiga 12ta gol urgandi. Bu mavsumda esa 15ta o'yinidan so'ng bu raqam 13taga etib ulgurdi.
7-o'rin – JUZEPPE ROSSI ("FIORENTINA") – 13 GOL (26 OCHKO: 13x2)
Italiyalik forvard Ispaniyaning "Vilyarreal" klubida o'zini yorqin namoyish etdi, ammo oxirgi ikki yilda olgan og'ir jarohati tufayli aytarli o'ynay olmadi. Bu mavsumda esa 13ta gol bilan Italiya A seriyasining ayni paytdagi to'purari bo'lib turibdi.
8-o'rin – EDINSON KAVANI ("PSJ") – 12 GOL (24 OCHKO: 12X2)
O'tgan mavsum Italiya A seriyasining eng yaxshi to'purari (34ta o'yinda 29ta gol) bu yil "PSJ"da Zlatan Ibragimovich bilan birga tandem bo'lmoqda. Urugvaylik futbolchi hozircha biroz kamroq gol urmoqda: 2012/13 yilgi mavsumda 14ta o'yinda 12ta gol urgan bo'lsa, bu yil shuncha gol urish uchun 17ta o'yin talab etildi.
9-o'rin – ALFRED FINNBOGASON ("XERENVEN") – 16 GOL (24 OCHKO: 16X1.5)
"Xerenven" va Islandiya terma jamoasining 24 yoshli hujumchisi Alfred Finnbogason Evropaning bir qator grandlari nazariga tushib bo'ldi: uning Gollandiya chempionati startidagi ajoyib sermahsulligi (7ta o'yinda 10ta to'p) beiz ketgani yo'q.
10-o'rin – FRODE YONSEN ("ODD") – 16 GOL (24 OCHKO: 16X1.5)
Bahor-kuz tizimida o'tadigan chempionatning yana bir vakili: 39 yoshli norvegiyalik futbolchi Norvegiyaning barcha 30ta o'yinida 16ta gol urdi: u xet-trik, dubl va 11 marta o'yinni bitta gol bilan tark etdi.
38-o'rin – YURA MOVSISYAN ("SPARTAK") – 12 GOL (18 OCHKO: 12X1.5)
Rossiya premer-ligasining eng yaxshi to'purari umumiy ro'yxatda - 38-pog'onada joylashgan. Bunga sabab Rossiyaning koefficienti 1,5ga tenglida. Premer-liga UEFA reytingining kuchli beshligida bo'lganida Movsisyan kuchli o'nlikda bo'lardi.
40-o'rin – ARTEM DZYUBA ("ROSTOV") – 12 GOL (18 OCHKO: 12X1.5)

Fikrlar