OLMALIQLIKLAR UCHUN NAVRO'Z TUHFASI (FOTOGALEREYA)
17 mar 2014 13:23
Yangiliklar

OLMALIQLIKLAR UCHUN NAVRO'Z TUHFASI (FOTOGALEREYA)
Olmaliqni sport shahri deb atasak mubolag'a bo'lmaydi. 120 000 aholi istiqomat qiladigan Toshkent viloyatining ushbu shahrida OTMK tashkiloti sportning deyarli barcha turiga birdek etibor qaratadi.
OTMK rahbari, O'zbekiston Qahramoni unvoni sohibi Aleksandr Farmonov uchun sport turining ahamiyati yo'q. Viloyat jamoalari har jabhada etakchi. SHu boisdan bo'lsa kerak, OTMKning basketbol, voleybol va gandbolchilari bir necha marotaba O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritganlar. "Olmaliq" futbol jamoasi esa chempionatimizning ko'zga ko'ringan klublaridan biri. Mana endi barcha sport turlarining markaziga aylanib borayotgan shaharda ham zamonaviy sport inshooti qad rostladi.
12 000 muxlisga mo'ljallangan yangi sport kompleksida, futbol stadionidan tashqari, basketbol, voleybol, karate, boks, gandbol va mini futbol uchun mo'ljallangan zallar ham mavjud. Ikkita suniy maydon va ochiq/yopiq tennis kortlari sportchilar uchun topshirildi.
Yakshanba kuni bo'lib o'tgan Toshkent viloyati derbisi, "Olmaliq" - "Metallurg" uchrashuvi bilan mazkur yangi sport binosining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Navro'z bayrami arafasida topshirilgan bu inshoot olmaliqliklar uchun haqiqiy sovg'a bo'ldi desak bo'laveradi.
Soat 15:00da boshlangan tadbir kuy-qo'shiq va mahalliy sportchilarning chiqishlari bilan davom etdi. Tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va futbol federaciyasi Prezidenti Mirabror Usmonov va Olmaliq tog'-kon metallurgiya kombinati rahbari Aleksandr Farmonov ishtirok etib, nutq so'zladilar.
Aleksandr Farmonov: - Sizlarga mana shunday sport inshootini topshirayotganimizdan minnatdormiz. Buning uchun hurmatli Prezidentimizga rahmat. Bugunda o'zbek yoshlari uchun yaratib berilayotgan sharoitlar kun sayin oshib va yaxshilanib boryapti. Tabiiyki, bu xalqaro maydonlardagi natijalarimizning ham o'sishiga sabab bo'lyapti. Bu stadionda hali sizlar bilan chiroyli o'yinlarni ko'ramiz.
Mirabror Usmonov: - Mana shunday sport kompleksini qurilishida bosh-qosh bo'lgan Aleksandr Farmonovga rahmat aytishimiz kerak. "Olmaliq" jamoasining O'zbekiston chempionatida ko'rsatayotgan sermazmun o'yinlari, endi mana shu ko'rkam stadionda bo'ladi. Bu bilan barchangizni tabriklayman.
Stadionni ochilish marosimida ishtirok etgan O'zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova va el suygan sanatkor Alisher Fayz stadionga tashrif buyurgan muxlislarni xushnud etdilar.
Nodirxo'ja Yuldashev.

Fikrlar