Olmaliqdagi 12 ming kishilik yangi stadion Navro'zda ochiladi
15 jan 2014 14:30
Yangiliklar


Olmaliqdagi 12 ming kishilik yangi stadion Navro'zda ochiladi
Olmaliqda xalqaro standartlarga mos keluvchi sport arenasi qurib bitkazildi. Bu haqda, Pravda Vostoka gazetasiga asoslanib, Daryo.Uz xabar bermoqda.
Bundan keyingi mavsumlarda mahalliy Olmaliq futbol jamoasi o'z raqiblarini 12 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadionda qabul qiladi. Arenaning yonginasida ikkita sport zali joylashgan.
Ularning birida sportchilar futbol, basketbol, voleybol, qo'l to'pi bo'yicha mashg'ulotlar olib borishi mumkin. Ikkinchisi esa sportning yakka kurash turlari: boks, taekvondo, karate, dzyudo, sambo va kurash bilan shug'ullanishga mo'ljallangan.
Ushbu majmua usti yopiq va ochiq tennis korti, suniy chim yotqizilgan futbol maydonini ham o'z ichiga olgan.
Arenaning tantanali ochilish marosimi Navro'z bayrami arafasiga belgilangan.

Fikrlar