So’nggi yangiliklar

12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  0 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  2 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  4 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  18 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  30 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  7 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  171 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  2 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1

Olmaliqda matbuot anjumani bo'lgan ekan. Viktor Kumikov: "Bizga jasurlik va aniqlik etishmadi" Yangiliklar

Olmaliqda matbuot anjumani bo'lgan ekan. Viktor Kumikov: "Bizga jasurlik va aniqlik etishmadi"

Teglar :  Viktor KumikovAGMK
Kecha bo'lib o'tgan AGMK - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani bo'lmadi degan xabar chiqqandi.

Bu haqda saytimizga Ilhom Mo'minjonov xabar bergandi. Aslida mehmonlar g'alabadan so'ng g'alabani anchagina ko'p vaqt bayram qilishgani uchun Mo'minjonov va Azizbek Turg'unboev kech kiyim almashtirish xonasidan chiqqan va uning fikrlarini maydonning o'zida olishgan ekan. Undan oldin esa AGMK ustozi Viktor Kumikov va Lutfulla To'raev matbuot anjumanida ishtirok etishgan. 


Superliga 2-turidan o'rin olgan AGMK - "Navbahor" uchrashuvi yakunlangach, AGMK bosh murabbiyi o'yin borasida o'z fikrini aytib o'tdi. Bu haqda AGMK klubi rasmiy sayti xabar berdi.


- Biz mag'lubiyatga uchradik, raqib bugun g'alabaga haqli edi. Biz esa kerakli natijaga erisha olmadik. Bilmadim nima bo'ldi, balki uydagi ilk o'yindir.. Bu o'yin bu yilgi o'yinlarimiz ichida eng yomoni bo'ldi. O'quv-mashg'ulot yig'ini davomida, ilk turda  bu darajada mazmunsiz o'yin o'tkazmagandik.

- "Bunyodkor" jamoasi bilan o'tgan o'yinni ko'rgandim, ancha faol bo'lgandi futbolchilar. Jamoangizga bugun nima etishmadi?
- Jasurlik va aniqlik etishmadi.

- "Navbahor" jamoasi haqida fikringiz.
- Raqib imkoniyat berilishini kutdi va boridan unumli foydalandi. Qarshi hujumlardan unumli foydalanishga harakat qildi. Yana gol urishlari mumkin edi. Biz hisobda ortda qolgach, oldinga o'tishga majbur bo'ldik. Birinchi taymda teng o'yin bo'lgan bo'lsa, ikkinchi taymda ular faolroq bo'lishdi. SHu sababli g'alabaga haqli bo'lishdi.

- Mavsumda qanday vazifa qo'yilgan?
- Hozircha birinchi bosqichda kuchli oltilikka kirish vazifa hisoblanadi. Mavsum endi boshlandi bor etiborni shunga qaratamiz.

Lutfulla To'raev: - Bugun o'z maydonimizda birinchi o'yinni o'tkazdik. Muxlislarga rahmat stadionga tashrif buyurganlari uchun. O'yinimiz bugun qovushmadi, so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib qo'ydik. Futbolchilar bilan gaplashib oldik, keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика