So’nggi yangiliklar

15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  0 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  5 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  3 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  3 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  2 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  3

"Olmaliq": Yirik g'alaba va gollar... Yangiliklar

"Olmaliq": Yirik g'alaba va gollar...

Teglar :  OlmaliqNeftchi
"Olmaliq" o'z maydonida Farg'onaning "Neftchi" jamoasini 3:0 hisobida dog'da qoldirdi.

Milliy chempionatda to'qqizinchi mavsumini o'tkazayotgan jamoamiz, farg'onaliklarni ilk marotaba yirik hisobda taslim etdi. Jamoamizning bunga qadar yirik g'alabalari 13tani tashkil etardi. Ortga nazar tashlaydigan bo'lsak, jamoamizning elitadagi debyut o'yinidayoq 3:0 hisobida g'alaba qayd etilgandi. 2008 yil "SHo'rtan" birinchi turda Olmaliq shahrida mag'lub etildi. SHu mavsumning ikkinchi davrasida Andijon shahrining "Uzdongju" jamoasi 5:1 hisobida dog'da qoldirildi. 2009 yilda jamoamiz yana 3 o'yinda o'z maydonida yirik g'alaba nashidasini surdi. Dastlab "Buxoro" bilan 5:0 natija qayd etildi. Oradan ikki tur o'tib Vadim Abramov bosh murabbiyligida bo'lgan "Lokomotiv" darvozasiga javobsiz 4ta to'p kiritildi. Uchinchi g'alaba Jizzaxning "So'g'diyona" (3:0) jamoasi bilan o'yinda kuzatilgan. 2010 yilda Olmaliq shahrida "Qizilqum" 5:1 hisobida mag'lub etildi. 2011 yilda jamoamiz "Metallurg"ni 4:1 va "Buxoro"ni 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 2012 yilda ham ikki o'yinda "Olmaliq" yirik g'alabaga erishdi. O'z maydonida "Mashal" 4:0 hisobida dog'da qoldirilgan bo'lsa, safarda "Andijon" bilan 4:1 natija qayd etildi. 2013 yilda Olmaliq shahrida "So'g'diyona" 4:1 hisobida mag'lub etildi. 2014 yilda yirik g'alaba kuzatilmadi. O'tgan mavsumda jamoamiz safarda "Buxoro"ni 4:0 va o'z maydonida "Dinamo"ni 3:0 hisobida taslim etdi.

Etibor bergan bo'lsangiz, jamoamiz to'rtinchi marta 3:0 hisobida g'alaba qozondi. 3 martadan 4:0 va 4:1, ikki marta 5:1 va bir martadan 5:0 va 6:1 hisoblari jamoamiz tarixidan joy olgan.

Hisob bo'yicha 14-yirik g'alabamiz "Neftchi" bilan o'yinning 66-daqiqasida 14-raqam egasi Doniyor Ismoilov urgan golga to'g'ri kelganligi ham qiziq holat.
SHuningdek, kecha jamoamiz safida Ro'zimboy Ahmedov va Yaroslav Martinyuk dastlabki gollarini urishga erishishdi. Bu ikki futbolchini qo'shib hisoblaganda shu kungacha jamoamiz safida 63 nafar futbolchi gol urishga muvaffaq bo'ldi. Martinyuk jamoamiz uchun gol urgan xorijlik futbolchilar ichida 15-futbolchi bo'ldi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика