So’nggi yangiliklar

15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  1 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  4 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  6 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  3

"Olmaliq": "Qo'qon-1912" bilan bahsda gollar shousi Yangiliklar

"Olmaliq": "Qo'qon-1912" bilan bahsda gollar shousi

Teglar :  Olmaliq
Bugun "Bunyodkor" futbol akademiyasi maydonida "Olmaliq" navbatdagi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

"Qo'qon-1912" jamoasi bilan o'tgan bu uchrashuvda darvozalarga ettita to'p kiritildi. Hisobda vodiyliklar bilan quvlashmachoq o'ynagan jamoamiz yakunda irodali g'alabaga erishdi. Dastlab himoyachi va darvozabon xatosidan Abdulaziz Yusupov unumli foydalanib hisobni ochdi. Oradan ko'p o'tmay jarima zarbasi bilan Zohir Pirimov hisobni tenglashtirdi. Qo'qonliklar birinchi taymda yana bir marta hisobda oldinga chiqib olishdi. Bu gal Dostonbek Tursunov muvaffaqiyatga erishdi. Ikkinchi taymning dastlabki daqiqalarida Muhammad Isaev tomonidan urilgan gol bilan hisob tenglashdi. Abdulloh Olimov kuchli va aniq zarbasi bilan uchinchi marta o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Bu vaziyatda to'pni darvozadan joy olishiga Oybek Nurboev ham hissa qo'shgandek bo'ldi. Zarba to'g'ri darvozaga yo'naltirilganligi bois gol Olimov hisobiga yozildi. SHundan so'ng, jamoamiz katta kuch bilan oldinga intilishdi. Doniyor Ismoilov kuchli zarbasi bilan hisobni tenglashtirgan bo'lsa, Arslonmurod Amanov ham Aziz Ashurov qo'riqlayotgan darvozani kuchli zarbasi orqali zabt etishga erishdi.

Uchrashuvda jamoalar quyidagi tarkiblarda ishtirok etishdi.

"Olmaliq" - "Qo'qon-1912" 4:3
Hakam: Dmitriy Pislegin.
Gollar: Zohir Pirimov, Muhammad Isaev, Doniyor Ismoilov, Arslonmurod Amanov - Abdulaziz Yusupov, Dostonbek Tursunov, Abdulloh Olimov.
"Olmaliq": Roman Abdulov, Abdumalik Toshpo'latov, Evgeniy Gogol, Darko Stanoevich, Ibrohim Rahimov, Dilshod Jo'raev, Zohir Pirimov, Diyor Turopov, Nikita Pavlenko, Muhammad Isaev, Umarbek To'xtasinov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nikita SHkvirin, Abduqahhor Hojiakbarov, Arslonmurod Amanov, Rahmatullo Berdimurodov, Mirjamol Qosimov, Doniyor Ismoilov, Azizbek Suyunov, Farhod Tojiev, Ro'zimboy Ahmedov, Murod Rajabov.

"Qo'qon-1912": Andrey Baklanov, Jalil Kimsanov, Furqat Hasanboev, Dostonbek Tursunov, Mirjalol Qurbonov, Bahodir Akramov, Abdulloh Olimov, Abdulaziz Yusupov, Navro'zbek Alimov, Otabek Zokirov, Otabek Haydarov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Aziz Ashurov, Oybek Nurboev, Ilya Ilin, Sardor Qahhorov, Aziz Ibragimov, Orif Mamajonov, Maruf Zokirjonov.

Jamoamizning navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi 23 fevral kuni Muborakning "Mashal" jamoasiga qarshi o'tkaziladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика