So’nggi yangiliklar

14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  1 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  2 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  11 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  27 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  8 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  2 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8

"Olmaliq": Nazorat bahsida g'alaba! Yangiliklar

"Olmaliq": Nazorat bahsida g'alaba!

Jamoamiz Belorussiya oliy ligasi vakili "Naftan" jamoasiga qarshi nazorat o'yini o'tkazdi.

Mazkur bahsda jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Kumikov mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan barcha futbolchiga imkoniyat berdi. O'yin ancha qiziqarli va shiddatli tarzda o'tdi. O'yin davomida futbolchilarimiz raqibdan har tomonlama ustunlikka erishishdi. Uchrashuvda ilk golga jamoamizning yangi vakili Zafar Polvonov mualliflik qildi. U Kamolliddin Murzoev tomonidan oshirib berilgan to'pni bosh bilan raqib darvozasiga joyladi. Oradan ko'p o'tmay Polvonov Abduqahhor Hojiakbarovga hisobni 2:0 ko'rinishga keltirishiga ko'maklashdi.

Ikkinchi taymda jamoamiz azolari ko'plab golli vaziyatlardan unumli foydalana olishmadi. 

O'yin davomida har bir futbolchining ayni damdagi tayyorgarlik darajasi sinovdan o'tkazildi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

"Olmaliq" - "Naftan" (Novopolock) 2:0

Gollar: Zafar Polvonov, Abduqahhor Hojiakbarov

"Olmaliq" tarkibi: Xurshid Xodjaev, Rahmatullo Berdimurodov, SHavkat Mullajonov, Vladislav Kasminin, Islom Inomov, SHohnazar Norbekov, Igor Yelich, Dilshod Jo'raev, Abduqahhor Hojiakbarov, Kamoliddin Murzoev, Zafar Polvonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akbar To'raev, Nizomiddin Ziyovutdinov, Vusal Magerramov, Aziz Suyunov, Xurshid Muxtorov, SHaxboz Umarov, Lutfulla To'raev, Farhod Musabekov, SHota Grigalashvili, G'ulom-Haydar G'ulomov, Sanjar Rixsiboev, Viktor Klishin, Farhod Tojiev, Muhammad Isaev.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика